“YASHIL IQTISODIYOT”GA O‘TISH STRATEGIYASI: O‘ZBEKISTON VA XITOY
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17380510Keywords:
sug‘orish texnologiyasi, degradatsiya, iqtisodiy konsepsiya, “yashil” sektor, global quyosh panellari, urbanizatsiya, PV energiya, biomassa, OECD.Abstract
Yashil iqtisodiyotga o‘tish iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning degradatsiyasi (ya’ni, obyekt yoki hodisaning
xususiyatlarining vaqt o‘tishi bilan yomonlashuvi, tabiat qonunlari va tashqi omillar ta’sirida moddaning asta-sekin
yemirilishi, pasayishi yoki yo‘q bo‘lishi) hamda resurslar tanqisligi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal qilishda muhim
qadamlardan biridir. Hozirda ko‘plab mamlakatlar barqaror rivojlanishga intilayotgan bir vaqtda, yashil iqtisodiyot
konsepsiyasi iqtisodiy o‘sishni ekologik yaxlitlik bilan muvozanatlash imkonini taklif qilmoqda. Bu o‘tish jarayoni qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini targ‘ib qilish va sanoatda barqaror amaliyotlarni rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur
maqolada O‘zbekiston va Xitoyning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha amalga oshirgan strategiyalari va tajribalari
yoritib berilgan. Yashil iqtisodiyotni joriy etish nafaqat atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi, balki energiya xavfsizligini
oshiradi va aholining sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Shu bilan birga, toza energiya, barqaror qishloq xo‘jaligi va aylanma iqtisodiyot
amaliyotidagi innovatsiyalar yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, maqolada “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining mazmuni ham tahlil qilingan.
References
1. Vaxabov Abduraxim Vasikovich, Xajibakiyev Shuhrat Xo‘jayorovich “Yashil iqtisodiyot” Toshkent-2021.-bet – 262.
2. https://lex.uz/docs/-4890081
3. https://president.uz/oz/lists/view/5805
4. “O‘zbekiston yashil iqtisodiyot sari” Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki-2020.- bet -11.
5. “China’s Green Development in the New Era” January 2023. -bet -52.
6. “Green Economy in Sustainable Development: An Analysis for OECD Countries” 2023.- bet 30.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.