“Ichki isteʼmol uchun qayta ishlash” bojxona protseduralarini Oʻzbeksiton sharoitida qoʻllashning ahamiyati
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15397533Ключевые слова:
ichki isteʼmol uchun qayta ishlash, xomashyo, eksport, import, qayta ishlash bojxona rejimi.Аннотация
Oʻzbekiston Respublikasida “ichki isteʼmol uchun qayta ishlash” bojxona protsedurasining amaliy ahamiyati,
iqtisodiy samaradorligi va milliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashdagi oʻrni chuqur oʻrganiladi. Bu bojxona rejimi
xorijdan vaqtincha olib kirilgan xomashyo, butlovchi qismlar yoki yarim tayyor mahsulotlarni mamlakat ichkarisida qayta
ishlash, yaʼni tayyor mahsulot holiga keltirish va keyinchalik ichki bozorda realizatsiya qilish imkonini beradi. Oʻzbekiston
sharoitida bu mexanizm importga bogʻliqlikni kamaytirish, qoʻshilgan qiymatni oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish,
hamda raqobatbardosh mahalliy mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun muhim vosita sifatida koʻrilmoqda.
Shuningdek, “ichki isteʼmol uchun qayta ishlash” rejimining yurtimizdagi yirik sanoat korxonalari va kichik tadbirkorlik
subyektlari faoliyatiga taʼsiri, qoʻllash tartibi oʻrganilgan. Ushbu mavzu boʻyicha olib borilgan tahlillar Oʻzbekistonda sanoat
kooperatsiyasini kuchaytirish, qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish va umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga
qaratilgan islohotlarni samarali amalga oshirishda “ichki isteʼmol uchun qayta ishlash” rejimining strategik ahamiyatga
ega ekanligini koʻrsatadi.
Библиографические ссылки
Kioto konvensiyasi, 18.05.1973-yil, (26.06.1999-yilda oʻzgartirishlar kiritilgan).
Oʻzbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasining 684-son qarori, 24.08.2018-yil
Oʻzbekiston Respubliksi Prezidentining PF-115-sonli Farmoni, 25.04.2022-yil
WCO Handbook on Inward and Outward Processing Procedures, May 2017.
Таможенный кодекс Евразийского экономического союза (ред. от 29.05.2019).
Adliya vazirligidan 2778-son bilan roʻyxatdan oʻtgan Tartib, 12.04.2016-yil
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.