DAVLAT XARIDLARI JARAYONIDA XAVFLARNI IDENTIFIKATSIYA QILISH, TASNIFLASH VA RISKKA ASOSLANGAN ICHKI AUDITNI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19918221Keywords:
davlat xaridlari, ichki audit, riskka asoslangan audit, xavflarni identifikatsiya qilish, xavflarni tasniflash, korrupsiyaviy xavf, affillanganlik, qizil bayroq indikatorlari, monitoring, budjet mablag‘lari.Abstract
Mazkur maqolada davlat xaridlari jarayonida xavflarni identifikatsiya qilish, tasniflash hamda riskka
asoslangan ichki auditni tashkil etish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda davlat xaridlarida uchraydigan iqtisodiy,
huquqiy, korrupsiyaviy, operatsion va audit risklari xarid sikli bosqichlari kesimida tizimlashtirilgan. Shuningdek, xavflarni
ehtimollik darajasi, moliyaviy ta’siri, takrorlanish chastotasi hamda nazorat muhitining zaifligi mezonlari asosida baholash
yondashuvi taklif etilgan. Maqolada amaliy ma’lumotlar asosida baholash bosqichidagi buzilishlar, affillanganlik
holatlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar, monitoring portfelidagi nomuvofiqliklar, bekor qilingan xarid natijalari
hamda profilaktik audit samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari davlat xaridlarida xavflar son jihatdan
qisqarishi mumkin bo‘lsa-da, ularning moliyaviy salmog‘i ortib borayotganini ko‘rsatdi. Shu bois, riskka asoslangan
ichki audit nazorat resurslarini eng yuqori xavfga ega segmentlarga yo‘naltirishning samarali vositasi sifatida baholandi.
Tadqiqot yakunida xavflar universumi, risk reyestri, ballik baholash tizimi, qizil bayroq indikatorlari hamda tavsiyalar ijrosi
monitoringi bilan integratsiyalashgan ichki audit modeli davlat xaridlarida budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni
ta’minlashning muhim sharti ekanligi asoslandi
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va
davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida: PQ-128-son qaror. – 2022-yil 14-fevral.
https://lex.uz/uz/docs/-5858712
2. O‘zbekiston Respublikasi. Davlat xaridlari to‘g‘risida: O‘RQ-684-son Qonun. – 2021-yil 22-aprel.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi
namunaviy nizom: 416-son qaror. – 2022-yil 1-avgust. https://lex.uz/docs/-6136910
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari
faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida: 377-son qaror. – 2025-yil 18-iyun.
https://lex.uz/uz/docs/-7580715
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ichki audit milliy standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida: 3394-son ro‘yxat raqamli hujjat. – 2022-yil.
6. Wang X., Ferreira F.A.F., Yan P. A multi-objective optimization approach for integrated risk-based internal
audit planning // Annals of Operations Research. – 2025. – Vol. 346. – P. 1811–1840.
7. Saleh R., Winarningsih S., Suharman H., Setiawan M. The role of internal audit in public procurement
governance: a systematic literature review // Cogent Business & Management. – 2026. – Vol. 13, No. 1. – Article
2640253.
8. Ardianningsih A., Payamta Analysis of the effectiveness of risk-based internal audit implementation: a
case study // Quality – Access to Success. – 2022. – Vol. 23, No. 190. – P. 77–84.
9. Zahra S.A. The role of risk based internal audit and risk management in the prevention and detection
of fraud in auction companies (Study Case at PT JBA Indonesia) // Indonesian Journal of Economics, Social,
and Humanities. – 2025. – Vol. 7, No. 2. – P. 187–199.
10. Drozd I., Pysmenna M., Pohribna N., Zdyrko N., Kulish A. Audit assessment of the effectiveness of
public procurement procedures // Independent Journal of Management & Production. – 2021. – Vol. 12, No.
3. – Special Edition ISE, S&P. – P. s85–s107.
11. Yanuarisa Y., Irianto G., Djamhuri A., Rusydi M.K. Exploring the internal audit of public procurement
governance: a systematic literature review // Cogent Business & Management. – 2025. – Vol. 12, No. 1. – Article
2485411.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.