XALQARO VA MILLIY BUXGALTERIYADA NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLISH, BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20268069Abstract
Ushbu maqolada nomoddiy aktivlarning xalqaro va milliy standardartlarda hisobga olinishi, baholanishi,
hisobotda aks ettirilishi va ularning uslublari amaliy jihatdan yoritilgan. Xususan, intellektual mulk, dasturiy ta’minot,
brend va goodwill kabi aktivlarning qiymatini aniqlash, ularning rentabelligini baholash va moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri
aks ettirilishini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlanib borayotgan sharoitda
korxonalar faoliyatini samarali boshqarish va axborotlarning ishonchli ekanligini aniqlashda buxgalteriya tizimi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, nomoddiy aktiv va intellektual mulklarning ortib borishi natijasida uni to‘g’ri hisobga
olish va baholash masalalari dolzarb ahamiyatga ega. Shu bilan birga, raqamli muhitda nomoddiy aktivlarni aniqlash,
ularni baholash mezonlarini belgilash va hisobga olishda qator muammolar yuzaga kelmoqda, jumladan, ularning aniq
qiymatini belgilash murakkabligi hamda mavjud hisob standartlarining yetarli darajada moslashmaganligi kuzatiladi.
Raqamli iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida korxonalarda dasturiy ta’minot, patentlar, savdo belgilari va
raqamli mahsulotlar kabi nomoddiy aktivlarning ahamiyati keskin ortib, ular kompaniya qiymatini shakllantirishda asosiy
omillardan biriga aylanmoqda. Shu bilan birga, nomoddiy aktivlarni aniqlash, ularning qiymatini belgilash hamda moliyaviy
hisobotlarda aks ettirish jarayoni moddiy aktivlarga nisbatan ancha murakkabligi bilan ajralib turadi
Keywords
Nomoddiy aktivlar, intellektual mulk, IAS 38, BHMS 7, xalqaro buxgalteriya standartlari, milliy buxgalteriya standartlari, baholash usullari, amortizatsiya, qadrsizlanishReferences
1. O‘ktamova S. M. (2025). Sun’iy intelekt va dasturiy taminotlarni nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olish masalalar. Modern
education and development, 34(2), 43-48.
2. Uktamboyev A. M. (2026). O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilishning amaldagi holati
va uni takomillashtirish. World Scientific Research Journal, 47(1), 45-54.
3. Rozmatova, U. Nomoddiy aktivlar hisobi: BHMS va MHXS talablarining qiyosiy tahlili hamda takomillashtirish
yo‘nalishlari. Economic Development and Analysis, 3(8), 119-127.
4. Pardayeva, Z. O ‘zbekiston Respublikasida nomoddiy aktivlar hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
talablari asosida tashkil etish xususiyatlari. Green Economy and Development, 2(5), 664074.
5. Shirinov, U. A., & Mustafoyev, A. F. (2023). Xalqaro standartlar asosida nomoddiy aktivlar tan olish masalalari. Экономика
и социум, (5-2 (108)), 374-379.
6. Arabdjanovna, T. O. (2025). Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va ular bo ‘yicha ehtimoliy yo ‘qotishlarni qoplash
uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish hisobi. Лучшие интеллектуальные исследования, 53(1),
3-7.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


