AUDITORLIK FAOLIYATIDA TASHQI SIFAT NAZORATINI TASHKIL QILISH MASALALARI

Authors

  • I. Qo‘ziyev
  • F. Ochilov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20344033

Abstract

Mazkur maqolada auditorlik faoliyatida tashqi sifat nazoratini tashkil qilishning nazariy, huquqiy va amaliy
jihatlari tadqiq etilgan. Global iqtisodiyotda moliyaviy hisobotlar ishonchliligini ta’minlashda audit institutining ahamiyati ortib
borayotgan sharoitda tashqi sifat nazorati auditorlik xizmatlari sifatini ta’minlashning muhim mexanizmi sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, tashqi
sifat nazorati tizimining tashkiliy asoslari hamda xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Shuningdek, auditorlik tashkilotlarida
tashqi sifat nazoratini amalga oshirish jarayonlari, auditning xalqaro standartlari talablari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari
o‘rganilgan.
Maqola yakunida tashqi sifat nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Xususan,
auditorlarning kasbiy malakasini oshirish, xalqaro sertifikatlash tizimini keng joriy etish, tashqi sifat nazorati jarayonlarini
raqamlashtirish hamda auditning xalqaro standartlarini milliy amaliyotga samarali integratsiya qilish yuzasidan takliflar
berilgan.

Keywords

auditorlik faoliyati, tashqi sifat nazorati, audit, auditorlik tashkiloti, auditor, auditning xalqaro standartlari, moliyaviy hisobot, professional skeptitsizm, monitoring

Author Biographies

I. Qo‘ziyev

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Audit kafedrasi professori, i.f.d.

F. Ochilov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Audit kafedrasi dotsenti, i.f.d.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ–677-son Qonuni.

2. Dusmuratov R.D. Audit asoslari. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2003. – 612 b.

3. To‘laxodjayeva M.M. Auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2021.

4. Barakayev O.O. Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimida audit: nazariya, metodologiya va amaliyot: ilmiy monografiya.

– T., 2021. – 288 b.

5. Arens A., Elder R., & Beasley M. (2012). Auditing and Assurance Services (14th ed.). Prentice-Hall, Englewood Cliffs,

NJ.

6. Cohen J.R., Krishnamoorthy G., & Wright A.M. (2008). “Form versus Substance: The Implications for Auditing Practice

and Research of Alternative Perspectives on Corporate Governance.” Auditing: A Journal of Practice & Theory, 27(2),

181–198. https://doi.org/10.2308/aud.2008.27.2.181.

7. Handbook of International Quality Control, Auditing, Review, Other Assurance, and Related Services Pronouncements

(Vols. I–III). The International Federation of Accountants (IFAC), 2022.

Downloads

Published

2026-05-01

How to Cite

I. Qo‘ziyev, & F. Ochilov. (2026). AUDITORLIK FAOLIYATIDA TASHQI SIFAT NAZORATINI TASHKIL QILISH MASALALARI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(5). https://doi.org/10.5281/zenodo.20344033
Vol. 4 No. 5 (2026): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali 5-son