QASHQADARYO VILOYATIDA ASALARICHILIKNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH: ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI VA PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI

Authors

  • Jonibek Farmanov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22234931

Abstract

Qashqadaryo viloyatida asalarichilikni raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishning
ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri hamda istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotning
asosiy maqsadi raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi, asal hosildorligi, ishlab chiqarish hajmi va kompleks
samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholashdan iborat. Tadqiqot doirasida
2020–2025-yillarda asalari uyalari soni, bir uya hisobiga hosildorlik, jami asal ishlab chiqarish hajmi, raqamli
texnologiyalarni joriy etish darajasi hamda DAEI – raqamli asalarichilik samaradorligi indeksi tahlil qilingan.
2020–2025-yillarda asal ishlab chiqarish hajmi 3 885 tonnadan 7 905 tonnagacha, hosildorlik 18,5 kg dan 25,5
kg gacha, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi 10 foizdan 70 foizgacha, DAEI esa 0,32 dan 0,78 gacha
oshgan. Metodologik jihatdan trend modellashtirish, ARMAX/ARIMA turidagi vaqt qatorlari modellari, regressiya
tahlili va prognoz natijalarini qiyosiy baholash usullaridan foydalanilgan. Kvadratik trend modeli bo‘yicha R² =
0,9991 natija qayd etilib, ishlab chiqarish hajmining tezlashuvchi o‘sish tendensiyasi aniqlangan. ARMAX modeli
asosida 2030-yil uchun 2 272,9 tonna, axborot va aloqa xizmatlari omili hisobga olingan prognoz bo‘yicha esa 2
487,1 tonna asal ishlab chiqarilishi prognoz qilingan. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi
va samaradorlik indikatorlariga asoslangan alohida ssenariy bo‘yicha 2030-yilga kelib asal ishlab chiqarish
hajmi 14 105 tonnaga yetishi prognoz qilingan. Olingan natijalar raqamli monitoring, axborot-kommunikatsiya
xizmatlari va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv asalarichilikda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning
muhim omillari ekanini ko‘rsatadi.

Keywords

asalarichilik, raqamli texnologiyalar, DAEI, IoT, sun’iy intellekt, asal ishlab chiqarish, hosildorlik, ARMAX, ARIMA, prognozlash, axborot-kommunikatsiya xizmatlari.

Author Biography

Jonibek Farmanov

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

References

1. Wolfert S., Ge L., Verdouw C., Bogaardt M. Big Data in Smart Farming: A Review // Agricultural Systems.

– 2017. – Vol. 153. – P. 69–80.

2. Liakos K. G., Busato P., Moshou D., Pearson S., Bochtis D. Machine Learning in Agriculture: A Review //

Sensors. – 2018. – Vol. 18, No. 8.

3. Basso B., Antle J. Digital Agriculture to Design Sustainable Agricultural Systems // Nature Sustainability.

– 2020. – Vol. 3.

4. Zacepins A., Stalidzans E., Meitalovs J. Application of Information Technologies in Precision Apiculture //

Biosystems Engineering. – 2015. – Vol. 130. – P. 60–71.

5. Zacepins A., Stalidzans E., Meitalovs J., Berzonis A. Implementation of Precision Beekeeping Using IoT

and Smart Technologies // Computers and Electronics in Agriculture. – 2023. – Vol. 203. – Article 107487.

6. FAO. Digital Technologies in Agriculture and Rural Areas: Status Report. – Rome: Food and Agriculture

Organization of the United Nations, 2021.

7. Farmanov J. Z. Mintaqada asalarichilikni rivojlantirish manbalari va mexanizmlarini joriy qilishning iqtisodiy

tahlili // Ilmiy-amaliy agroiqtisodiyot jurnali. – 2025. – № 1 (37). – B. 37–39.

8. Farmanov J. Z. Asalarichilikda raqamli texnologiyalarni qo‘llashda transformatsiya qilishning iqtisodiy

manbalarini moliyalashtirish tahlili // Journal of Science and Education in Agriculture. – 2025. – Vol. 3,

Issue 3. – B. 99–103.

9. Farmanov J. Z. Economic Analysis of the Ukrainian Experience of Developing the Beekeeping Industry in

Our Country // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. – 2026. – № 3/2. – B. 20–22.

10. Farmanov J. Z. Asalarichilik tarmog‘ida raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni va ahamiyati //

Agroiqtisodiyot. – 2026. – № 1 (40). – B. 72–74.

11. Farmanov J. Z. Mintaqada asalarichilik ekotizimining tamoyillari va ekologik-geografik xususiyatlarini

takomillashtirish // Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti. – 2026. – № 5. – B. 110–113.

Downloads

Published

2026-06-01

How to Cite

Farmanov , J. (2026). QASHQADARYO VILOYATIDA ASALARICHILIKNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH: ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI VA PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(6), 830–835. https://doi.org/10.5281/zenodo.22234931
Vol. 4 No. 6 (2026): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali 6-son