TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BAHOLASHDA YANGI KONSEPTUAL VA USLUBIY YECHIMLAR: SIRKULYAR IQTISODIYOT TAJRIBASI

Authors

  • Shahnoza Otajanova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22743833

Abstract

O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholashning amaldagi yondashuvlari
sirkulyar iqtisodiyot talablari nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, mavjud metodologik bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan
kompleks konseptual-uslubiy yechim taklif etiladi. Tadqiqot to‘rtta asosiy ilmiy natijaga tayanadi: bank barqarorligini
operatsion, kapital, adaptiv hamda ekologik-sirkulyar tarkibiy qismlar orqali ifodalovchi yaxlit model va oltita omil guruhiga
asoslangan tasnif; Altman modelining Z_green = (ROA + CAR + 0,5 × GLR) / σ(ROA) ko‘rinishidagi sirkulyar moslashuvi
hamda uning asosida ishlab chiqilgan “yashil transformatsiya bo‘sag‘asi” (GLR ≥ 3-4 foiz) konsepsiyasi; muallif tomonidan
taklif etilgan Yashil AI-kredit skoring metodologiyasi; shuningdek, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashning beshta amaliy
yo‘nalishi. AJ “Milliy bank”, ATB “SQB” va ATB “Asakabank”ning 2021-2025-yillardagi ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan
hisob-kitoblar uchala bankning Z-ko‘rsatkichlari 27,35-66,58 oralig‘ida bo‘lib, belgilangan barqarorlik chegarasidan (Z >
2,6) yuqori ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, raqamlashtirish darajasi bilan CIR ko‘rsatkichi o‘rtasida kuchli teskari bog‘liqlik
aniqlanib, raqamlashtirish darajasi 3 balldan 2 ballgacha pasayganda CIR 29,7 foizdan 85,0 foizgacha oshishi kuzatildi.
Olingan natijalar Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatida moliyaviy barqarorlikni baholash hamda yashil transformatsiya
jarayonlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Keywords

moliyaviy barqarorlik, sirkulyar iqtisodiyot, tijorat banklari, Z-ko‘rsatkich, yashil transformatsiya, ESGreyting, AI-kredit skoring, CIR, CAR, NPL

Author Biography

Shahnoza Otajanova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti,
Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi

References

1. Sadiqov I. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari // Green Economy

and Development. – 2024. – T. 2. – № 4.

2. Raxmatov T. S. O‘zbekiston tijorat banklari xizmatlari samaradorligining tahlili (ATB “Sanoatqurilishbank”

misolida) // Innovations in Science and Technologies. – 2025. – № 6. – B. 311-319. – DOI: 10.5281/

zenodo.15744952.

3. Turobova H. R. O‘zbekiston strategik dasturlaridagi sirkulyar iqtisodiyot va barqaror rivojlanish

maqsadlarining ustuvor yo‘nalishlari // Marketing jurnali. – 2026. – № 6. – B. 297-306. – DOI: 10.67668/

mj/2026iss6/1792.

4. Bazarova M. S., Rajabboyeva O. Tijorat banklari faoliyatidagi kredit risklarini boshqarishni takomillashtirish

yo‘llari // Modern Science and Research. – 2025. – T. 4. – № 3. – B. 138-143. – DOI: 10.71337/inlibrary.

uz.science-research.72121.

5. Ellen MacArthur Foundation. Towards the Circular Economy: Economic and Business Rationale for an

Accelerated Transition. – Cowes: Ellen MacArthur Foundation, 2013.

6. Federal Financial Institutions Examination Council (FFIEC). Uniform Financial Institutions Rating System

(CAMELS) // Federal Register. – 1996. – Vol. 61. – No. 245. – P. 67021-67029.

7. Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: A Global Regulatory Framework for More Resilient

Banks and Banking Systems (BCBS 189). – Basel: Bank for International Settlements, 2010. – Rev. 2011.

8. Altman E. Financial Ratios, Discriminant Analysis and the Prediction of Corporate Bankruptcy // The

Journal of Finance. – 1968. – Vol. 23. – No. 4. – P. 589-609.

9. Altman E. An Emerging Market Credit Scoring System for Corporate Bonds // Emerging Markets Review.

– 2005. – Vol. 6. – No. 4. – P. 311-323.

10. Do H. L., Ho H. H., Mai T. C., Nguyen T. N., Nguyen T. S. Does ESG Really Matter to the Bank’s Stability in

ASEAN Countries? // Cogent Economics & Finance. – 2024. – Vol. 12. – No. 1. – Art. 2420218.

11. Alliance for Financial Inclusion (AFI). Alternative Data for Credit Scoring. – Kuala Lumpur: AFI Global,

2023.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Atrof-muhitni asrash va ‘yashil iqtisodiyot’

yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoni [Elektron resurs]. – Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-7369703.

13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari kapital yetarliligi va risklarni boshqarish

bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjati.

14. AJ “Milliy bank”, ATB “SQB” va ATB “Asakabank”ning 2021-2025-yillardagi auditorlik xulosalari bilan

tasdiqlangan yillik moliyaviy hisobotlari.

Downloads

Published

2026-09-01

How to Cite

Otajanova , S. (2026). TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BAHOLASHDA YANGI KONSEPTUAL VA USLUBIY YECHIMLAR: SIRKULYAR IQTISODIYOT TAJRIBASI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(9), 180–183. https://doi.org/10.5281/zenodo.22743833
Vol. 4 No. 9 (2026): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali 9-son