TEMIR YO‘L SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23267781Abstract
Temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalari samaradorligini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribani mamlakatlar esimida emas, balki zararsizlik chegarasining mezon parametrlariga ta’sir etuvchi kanallar bo‘yicha izimlashtirish masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi xorijiy mexanizmlarni boshqariladigan xarajatlar, daromad, bandlik, shartnomaviy xarajatlar va ijtimoiy qiymat parametrlariga ta’siri bo‘yicha beshta kanalga ajratish hamda ularni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish shartlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdan iborat. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning mezon ko‘rsatkichlari asosida Yevropa Ittifoqida qo‘llaniladigan infratuzilma to‘lovi tamoyillarining mahalliy yo‘nalishlar zararsizlik chegarasiga ta’siri hisoblab chiqilgan. Natijalarga ko‘ra, infratuzilma to‘lovi to‘liq xarajatlar asosida hisoblanganda zararsizlik chegarasi 1,559 ni tashkil etib, amaldagi 0,738 bandlik darajasidan ikki baravardan ko‘proq yuqori bo‘lishi aniqlangan. Stavka Yevropa mezoniga, ya’ni bevosita xarajatlarning 19 foiziga tushirilganda esa zararsizlik chegarasi 0,736 gacha pasayib, amaldagi bandlik darajasiga deyarli tenglashishi aniqlangan. Davlat buyurtmasi shartnomalari turlarining rag‘batlantiruvchi xususiyatlari tahlili ijtimoiy segment uchun sifat va yo‘lovchi oqimi bonusi bilan to‘ldirilgan gross-cost shartnomasi, potensial tijorat segmenti uchun esa net-cost elementiga asoslangan mexanizm maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan.Keywords
temir yo‘l transporti, samaradorlik, infratuzilma to‘lovi, davlat buyurtmasi shartnomasi, zararsizlik chegarasi, xorijiy tajribaReferences
1. Link H. Rail Infrastructure Charging: The Case of Europe // Built Environment. — 2004. — Vol. 30, No.
2. — P. 143–153.
2. Van de Velde D., Nash C., Smith A., Mizutani F., Uranishi S., Lijesen M., Zschoche F. EVES-Rail: Economic
Effects of Vertical Separation in the Railway Sector. — Brussels: CER, 2012.
3. Laffont J.-J., Tirole J. A Theory of Incentives in Procurement and Regulation. — Cambridge, MA: MIT
Press, 1993. — 705 p.
4. Hensher D. A., Stanley J. Performance-Based Quality Contracts in Bus Service Provision // Transportation
Research Part A. — 2003. — Vol. 37, No. 6. — P. 519–538.
5. Mizutani F., Nakamura K. Privatisation of the Japan National Railways // Journal of Transport Economics
and Policy. — 1997.
6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ statistik ma’lumotlari, 2020–2025-yillar. —
Toshkent, 2026
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


