O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING JORIY HOLATI VA ASOSIY MUAMMOLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23215552Abstract
O‘zbekiston hududlarida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning ekologik barqarorligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hududlarda yashil iqtisodiyotga o‘tishning joriy holati, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash va ekologik innovatsiyalarni joriy etish jarayonlari tadqiqotning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi. Shuningdek, hududlarning tabiiy-resurs salohiyati, iqtisodiy rivojlanish darajasi, infratuzilmaviy imkoniyatlari va investitsion faolligidagi tafovutlar yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Hududiy rivojlanish jarayonida mavjud tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy va texnologik muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga alohida e’tibor qaratiladi. Yashil iqtisodiyot tamoyillarini hududiy rivojlanish strategiyalariga integratsiya qilish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, yashil investitsiyalarni rag‘batlantirish va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy-ekologik tafovutlarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar yoritiladi.Keywords
yashil iqtisodiyot, hududiy rivojlanish, ekologik barqarorlik, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, tabiiy resurslar, yashil investitsiyalar, yashil texnologiyalar, hududiy tafovutlar, barqaror iqtisodiy o‘sish.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston
Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarori [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-6303230 .
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini
«Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi
PF-16-son farmoni [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-7369703 .
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. 2025-yilda yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilgan
ishlar [Elektron resurs]. – Toshkent, 2026. – URL: https://gov.uz/oz/minenergy/news/view/127308 .
4. O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha rasmiy
ma’lumotlar [Elektron resurs]. – 2026. – URL: https://gov.uz/oz/news/view/127613 .
5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi. 2025-yilda o‘rmon bilan qoplangan hududlarning
kengaytirilishi bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar [Elektron resurs]. – 2026. – URL: https://gov.uz/oz/urmon/
news/view/116844 .
6. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya tizimi. Chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash holati bo‘yicha
ma’lumotlar [Elektron resurs]. – 2025. – URL: https://gov.uz/oz/eco/news/view/79497 .
7. World Bank Group. Uzbekistan Country Climate and Development Report. – Washington, DC : World
Bank, 2023.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


