RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23218414Abstract
O‘zbekistonda transchegaraviy elektron tijorat doirasida xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvidan o‘tkazishning amaldagi tartibi tadqiq etilgan. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, statistik va dinamik tahlil, shuningdek, analiz va sintez usullaridan foydalanilgan. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari hajmi hamda ular bo‘yicha undirilgan bojxona to‘lovlarining o‘zgarish tendensiyalari baholangan. Shuningdek, elektron deklaratsiyalash, xavfni boshqarish va oldindan elektron ma’lumotlardan foydalanishga oid normativ-huquqiy yangiliklar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida xalqaro kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha bojxona yig‘imlarining iqtisodiy asoslanganligini ta’minlash, bojxona rasmiylashtiruvi xarajatlarini maqbullashtirish hamda transchegaraviy elektron tijoratni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.Keywords
elektron tijorat, transchegaraviy savdo, bojxona ma’murchiligi, xalqaro pochta jo‘natmalari, xalqaro kuryerlik jo‘natmalari, bojxona nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona yig‘imi, bojxona to‘lovlari.References
1. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. – 2016-yil 20-yanvar. – https://lex.uz/uz/docs/-2876354.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-792-son “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni. – https://lex.uz/uz/docs/-6213382.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-son “Davlat bojxona xizmati
organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – https://lex.uz/uz/docs/-8444993.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son “Bojxona yig‘imlari
stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. – https://lex.uz/uz/docs/-7357270.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son “Bojxona sohasidagi
ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. – https://lex.uz/uz/docs/-7816457.
6. Uzoqov A. A., Lutfullayev Sh. K., Xatamov G. T. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona
nazorati: uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: Bojxona instituti, 2021. – 55 b.–
7. World Customs Organization. Framework of Standards on Cross-Border E-Commerce. – Brussels: WCO,
2022.
https://www.wcoomd.org/en/topics/facilitation/instrument-and-tools/frameworks-of-standards/
ecommerce.aspx.
8. World Customs Organization. E-Commerce Package: Instruments and Tools Supporting the Implementation
of the Framework of Standards on Cross-Border E-Commerce. – https://www.wcoomd.org/en/topics/
facilitation/instrument-and-tools/frameworks-of-standards/ecommerce.aspx.
9. European Commission. Import Control System 2 (ICS2). – Brussels: Directorate-General for Taxation
and Customs Union. – https://taxation-customs.ec.europa.eu/customs/customs-security/import-control
system-2_en.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


