SOLIQ ISLOHOTLARI SHAROITIDA SOLIQ STAVKALARINING O‘ZGARISHI VA SOLIQ MA’MURCHILIGINI RAQAMLASHTIRISH SAMARADORLIGI

Authors

  • Odilbek Aminbayevich Ashirbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasi Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23339502

Abstract

O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab amalga oshirilayotgan soliq islohotlari doirasida asosiy soliq stavkalarining o‘zgarishi, qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish hamda soliq xizmatini raqamlashtirishning soliq tushumlariga ta’siri tahlil qilingan. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalarining o‘zgarish dinamikasi, shuningdek, QQS to‘lovchilari soni va QQS tushumlarining o‘sish tendensiyalari rasmiy statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari soliq stavkalarini pasaytirish, soliq bazasini kengaytirish va soliq ma’murchiligini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish byudjet tushumlarining o‘sishiga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar asosida soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish va soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Keywords

soliq islohoti, soliq stavkasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, soliq ma’murchiligi, raqamlashtirish, soliq bazasi

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi : O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ- 599-son Qonuni bilan tasdiqlangan [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz/docs/-4674902 .

2. O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni : 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1014-son [Elektron resurs]. – URL: https://www.lex.uz/uz/docs/-7279923 . 3. O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni : 2025-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-1108-son [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz/docs/-7944527 .

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni : 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son [Elektron resurs]. – URL: https:// www.lex.uz/uz/acts/3802378 .

5. Gupta S., Keen M., Shah A., Verdier G. (eds.). Digital Revolutions in Public Finance / ed. by S. Gupta, M.

Keen, A. Shah, G. Verdier. – Washington, D.C. : International Monetary Fund, 2017. – 362 p. – ISBN 978- 1-4843-1522-4. – DOI: https://doi.org/10.5089/9781484315224.071 .

6. Laffer A. B. The Laffer Curve: Past, Present, and Future / A. B. Laffer // Backgrounder. – Washington, D.C. : The Heritage Foundation, 2004. – No. 1765. – June 1. – URL: https://www.heritage.org/taxes/report/the- laffer-curve-past-present-and-future .

7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 2025-yil I yarim yillik davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumot [Elektron resurs]. – 2025-yil avgust. – URL: https://mf.uz .

8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan budjetnoma [Elektron resurs]. – 2024-yil oktabr. – URL: https://imv.uz .

9. Soliq qo‘mitasi. 2022-yilda soliq organlari tomonidan salkam 150 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlandi [Elektron resurs] // UzReport.news. – 2023-yil 10-yanvar.

10. Soliq qo‘mitasi. 2023-yildan soliq qonunchiligida nimalar o‘zgardi [Elektron resurs] // Kun.uz. – 2023-yil 5-yanvar.

11. Soliq qo‘mitasi. Soliq qo‘mitasi faoliyatining 2024-yildagi yakunlari: natija va kelgusi rejalar [Elektron resurs] : matbuot anjumani materiallari. – Toshkent, 2025-yil 1-aprel. – URL: https://gov.uz/oz/soliq/news/ view/42899 .

12. Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati. 2025-yil yanvar–iyun oylarida soliq tushumlari yakunlari [Elektron resurs]. – 2025-yil 25-iyul. – URL: https://soliq.uz .

13. Yahyoyev Q. A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti / Q. A. Yahyoyev. – Toshkent : G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2000.

14. Yusupov Yu. Soliq islohoti haqida: yutuq va muammolar / Yu. Yusupov [Elektron resurs] // Kun.uz. – 2019- yil 1-yanvar.

Downloads

Published

2026-09-07

How to Cite

Ashirbayev, O. A. (2026). SOLIQ ISLOHOTLARI SHAROITIDA SOLIQ STAVKALARINING O‘ZGARISHI VA SOLIQ MA’MURCHILIGINI RAQAMLASHTIRISH SAMARADORLIGI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(9), 26–31. https://doi.org/10.5281/zenodo.23339502
Vol. 4 No. 9 (2026): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali 9-son