XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI TASNIFI: MARKAZLASHGAN ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI MISOLIDA
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23391170Abstract
Xizmatlar sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining tez o‘sayotgan sohalaridan biri bo‘lib, uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholashda yagona uslubiy yondashuv shakllanmoqda. Ayniqsa, markazlashgan issiqlik ta’minoti kabi energiya talab qiladigan xizmatlarda iqtisodiy natija bilan bir qatorda iste’molchi uchun ijtimoiy natija ham baholanishi lozim. Maqolada samaradorlikni baholash usullari bevosita, bilvosita va aralash guruhlarga ajratilib, ularning issiqlik ta’minoti xizmatlarida qo‘llanilish yo‘nalishlari aniqlangan. Aralash usulning amaliy imkoniyati Sirdaryo viloyatida 166 nafar iste’molchi ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida vaznli sifat indeksi yordamida sinovdan o‘tkazildi. Indeks to‘rt guruh ko‘rsatkichlarini (institutsional-axborot muhiti, korxona faoliyati, iqtisodiy qulaylik va natijaviylik) birlashtiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, umumlashtirilgan sifat ko‘rsatkichi uch ballik shkalada 2,42 ni yoki normallashtirilgan shkala bo‘yicha 71,2 foizni tashkil etdi. Nisbatan past baholangan ko‘rsatkichlar to‘lovlarning oila byudjetiga yuki (1,59) va tarif shakllanishi haqidagi axborot (1,97) bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Xizmatga bir yildan kam vaqt oldin ulangan iste’molchilarda indeks nisbatan past (2,31) bo‘ldi. Natijalar issiqlik ta’minotida samaradorlikni oshirish uchun texnik modernizatsiya bilan birga tariflar shakllanishiga oid axborot ochiqligini ta’minlash va manzilli ijtimoiy himoya mexanizmlarini rivojlantirish muhimligini ko‘rsatadi. Taklif etilgan yondashuv hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini monitoring qilishda qo‘llanilishi mumkin.Keywords
xizmatlar sohasi, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik, baholash usullari, markazlashgan issiqlik ta’minoti, sifat indeksi, iste’molchilar so‘rovi, yashil iqtisodiyotReferences
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son «Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori. — URL: https://lex. uz/uz/docs/-7408455.
Абрамов, С. С. (2011). Оценка социально-экономической эффективности сферы услуг региона. Научнотехнические ведомости СПбГПУ. Экономические науки, (3), 41–44.
Бешелев, С. Д., & Гурвич, Ф. Г. (1973). Экспертные оценки. Наука.
Billerbeck, A., Breitschopf, B., Preuß, S., Winkler, J., Ragwitz, M., & Keles, D. (2024). Perception of district heating in Europe: A deep dive into influencing factors and the role of regulation. Energy Policy, 184. https://doi.org/10.1016/j.enpol.2023.113860
Doyle, P., & Stern, P. (2006). Marketing Management and Strategy. Pearson Education.
Эмерсон, Г. (1997). Двенадцать принципов производительности. Бизнес-Информ.
Gillingham, K., & Palmer, K. (2014). Bridging the energy efficiency gap: Policy insights from economic theory and empirical evidence. Review of Environmental Economics and Policy, 8(1), 18–38.
Harrington, E. C. (1965). The desirability function. Industrial Quality Control, 21(10), 494–498.
Hauser, J. R., & Clausing, D. (1988). The house of quality. Harvard Business Review, 66(3), 63–73.
Лановенко, О. А. (2010). Социальная эффективность предоставления социальных услуг: критериальные показатели ее оценки. Вісник Харківського національного університету імені В. Н. Каразіна, (889), 142–147.
Lund, H., Østergaard, P. A., Nielsen, T. B., Werner, S., Thorsen, J. E., Gudmundsson, O., Arabkoohsar, A., & Mathiesen, B. V. (2021). Perspectives on fourth and fifth generation district heating. Energy, 227. https://doi.org/10.1016/j.energy.2021.120520
Miller, R. E., & Blair, P. D. (2009). Input–Output Analysis: Foundations and Extensions. Foundations and Extensions. https://doi.org/10.1017/CBO9780511626982
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari: 2025-yil yanvar–dekabr : press-reliz. — Toshkent, 2026. — URL: https://stat.uz/img/news/ analitika-12_2025-zb-lotin.pdf.
Parasuraman, A., Zeithaml, V. A., & Berry, L. L. (1988). SERVQUAL: A multiple-item scale for measuring consumer perceptions of service quality. Journal of Retailing, 64(1), 12–40.
Pareto, V. (1906). Manuale di economia politica: con una introduzione alla scienza sociale. Società Editrice Libraria.
Павленок, П. Д. (1991). Теория, история и методика социальной работы: избранные работы, 1991–2003 гг. : учебное пособие. учебное пособие.
Рикардо, Д. (2007). Начала политической экономии и налогового обложения. Избранное. Эксмо.
World Bank. District Heating Energy Efficiency Project (P146206): Project Appraisal Document. — Washington, D.C. : World Bank, 2018. — Report No. PAD1065. — URL: https://documents1.worldbank.org/curated/ en/591171517108418870/pdf/Uzbekistan-PAD-01052018.pdf.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


