TIJORAT BANKLARINING AKTIVLARI VA MOLIYAVIY RESURSLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH MEXANIZMLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23554394Abstract
Maqolada tijorat banklari aktivlarini kredit operatsiyalari va kapital bozori instrumentlari o‘rtasida samarali hamda muvozanatli taqsimlash, investitsiya portfelini optimallashtirish va moliyaviy resurslar bazasini diversifikatsiya qilishning zamonaviy mexanizmlari tadqiq etilgan. Xususan, banklarning milliy valyutadagi kreditlash faoliyatini oqilona tashkil etish, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari va boshqa moliyaviy instrumentlar orqali qo‘shimcha resurslarni jalb qilish hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, aktivlar va passivlarni boshqarishning o‘zaro bog‘liq mexanizmlari asosida banklarning likvidligi, daromadliligi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, investitsion risklarni kamaytirish hamda fond bozoridagi faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.Keywords
tijorat banki, aktivlar diversifikatsiyasi, fond bozori, kredit portfeli, sof aktivlar, obligatsiya, depozit sertifikati, resurs bazasi, aktivlar va passivlarni boshqarish (ALM), likvidlik, risk-menejmentReferences
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklari jamlanma balansi: 01.01.2025-y. va 01.01.2026-y. [Elektron manba]. — URL: https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/3326199/
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklari jamlanma balansi: 01.08.2025-y. va 01.08.2026-y. [Elektron manba]. — URL: https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/4470185/
Markowitz, H. (1952). Portfolio Selection. The Journal of Finance, 7(1), 77–91.
Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: The Liquidity Coverage Ratio and Liquidity Risk Monitoring Tools. — Basel: Bank for International Settlements, 2013. — 75 p. — URL: https://www.bis.org/ bcbs/publ/bcbs238.htm
Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: The Net Stable Funding Ratio. — Basel: Bank for International Settlements, 2014. — URL: https://www.bis.org/bcbs/publ/d295.htm
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi. Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida: 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qaror, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 24-sentabrda 1859-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (amaldagi tahrir) [Elektron manba]. — URL: https://lex.uz/uz/acts/-1394598
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


