TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNI RAQAMLI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23664656Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari va amaliy samaradorligi tadqiq etilgan. Muammoli kreditlarni boshqarishning an’anaviy, qarzdorlik yuzaga kelganidan keyingi undiruvga yo‘naltirilgan modelidan kredit risklarini erta aniqlash, qarzdorlarni segmentlashtirish, avtomatlashtirilgan to‘lov va collection vositalarini qo‘llash hamda sud-huquq jarayonlarini raqamli monitoring qilishga asoslangan proaktiv modelga o‘tish zarurati asoslangan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi hamda AT “Xalq banki”ning kredit portfeli va muammoli kreditlar bo‘yicha statistik va amaliy ma’lumotlaridan foydalanilgan. AT “Xalq banki”da W-BASE, CRM, Field Mobile, Call&Action va Hard-Action dasturiy tizimlarining funksional imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni yagona raqamli axborot muhitiga integratsiyalash mexanizmi ishlab chiqilgan. iABS avtoto‘lov tizimidan W-BASE tizimiga o‘tilishi natijasida umumiy muammoli kredit portfelini qayta ishlash muddati 5 soatdan 6–7 minutgacha qisqargani aniqlangan. Shuningdek, Pre-collection, avtomatlashtirilgan to‘lov, Soft Collection, Field Collection va Hard Collection bosqichlarini uzviy bog‘lash hamda sud-huquq undiruvini Hard-Action tizimi orqali markazlashtirilgan monitoring qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish samaradorligini oshirishda alohida raqamli vositalardan foydalanishdan ularni kreditning butun hayotiy siklini qamrab oluvchi yagona axborot arxitekturasiga integratsiyalashga o‘tish zarurligini ko‘rsatadi.Keywords
tijorat banki, muammoli kredit, NPL, kredit riski, raqamli boshqaruv, Pre-collection, W-BASE, raqamli monitoringReferences
- 1.Nwafor, C. N., & Nwafor, O. Z. (2023). Determinants of non-performing loans: An explainable ensemble and deep neural network approach. Finance Research Letters, 56. https://doi.org/10.1016/j
- 2.Alnabulsi, K., Kozarević, E., & Hakimi, A. (2022). Assessing the determinants of non-performing loans under financial crisis and health crisis: evidence from the MENA banks. Cogent Economics & Finance, 10. https://doi.org/10.1080/23322039.2022.2124665
- 3.Ozili, P. K. (2022). Bank non-performing loans in the fintech era. International Journal of Financial Innovation in Banking, 3(2), 95–112. https://doi.org/10.1504/IJFIB.2022.124197
- 4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi, kredit portfeli, muammoli kreditlar va aktivlar sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar. – www.cbu.uz.
- 5.AT “Xalq banki”. 2024–2026-yillardagi kredit portfeli, muammoli kreditlar va kredit risklarini boshqarish bo‘yicha amaliy ma’lumotlar.
- 6.AT “Xalq banki”. Pre-collection, Auto-to‘lov, Soft Collection, Field Collection, W-BASE, CRM, Field Mobile, Call&Action va Hard-Action axborot tizimlari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar.
Downloads
Published
2026-09-01
How to Cite
Nashvanov, J. M. o‘g‘li. (2026). TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNI RAQAMLI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(9), 43–47. https://doi.org/10.5281/zenodo.23664656
Issue
Section
Articles
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


