YASHIRIN AYLANMALARGA QARSHI KURASHISH JARAYONLARIDA KORRUPSIYAVIY OMILLARNI ANIQLASH

Authors

  • Rahimov Sarvarbek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Yashirin iqtisodiyotni tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi prokurori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Google Scholar: https://scholar.google.com/SARVARBEKRAKHIMOV https://orcid.org/0000-0002-3158-4841

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23840974

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashirin aylanmalarni aniqlash bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari faoliyatida yuzaga keladigan korrupsiyaviy omillar va korrupsiya turlari ko‘rib chiqilgan. Yashirin aylanmalarni aniqlash jarayoni olti bosqichga ajratilib, har bir bosqichdagi korrupsiyaviy xavf nuqtalari aniqlangan. Korrupsiyaviy kelishuvning iqtisodiy sharti modellashtirilgan: yashirin aylanma hajmi ortishi bilan mansabdor shaxsga taklif etiladigan noqonuniy naf ham ortishi, qat’iy belgilangan sanksiyalar esa yirik ishlar bo‘yicha o‘zining tiyib turuvchi ta’sirini yo‘qotishi asoslab berilgan. Korrupsiyaning til biriktirish, tamagirlik, homiylik, axborot sizdirish, tanlab huquqni qo‘llash hamda raqamli tizimlarga aralashish kabi turlari tasniflangan. Har bir bosqich uchun idoraviy ma’lumotlar asosida hisoblanadigan indikatorlar taklif etilgan. Diskretsion vakolatlarni toraytirish, qarorlarni raqamli qayd etish va ichki nazoratni ko‘rib chiqilayotgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords

yashirin iqtisodiyot, yashirin aylanma, korrupsiyaviy omil, diskretsion vakolat, korrupsiyaviy xavf, nazorat organlari

References

  1. 1.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati (2025-yil yanvar–dekabr). — Toshkent, 2026. URL: https://stat.uz
  2. 2.Transparency International. Korrupsiyani qabul qilish indeksi — 2025 (Corruption Perceptions Index 2025). — Berlin, 2026. URL: https://www.transparency.org/en/cpi/2025
  3. 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-son Farmoni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-5073459?ONDATE=07.10.2025
  4. 4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-7897630
  5. 5.Schneider, F., & Enste, D. H. (2000). Yashirin iqtisodiyot: hajmi, sabablari va oqibatlari (Shadow Economies: Size, Causes, and Consequences). Journal of Economic Literature.
  6. 6.Johnson, S., Kaufmann, D., & Zoido-Lobatón, P. (1998). Tartibga solishdagi diskretsion vakolatlar va norasmiy iqtisodiyot (Regulatory Discretion and the Unofficial Economy). American Economic Review.
  7. 7.Dreher, A., & Schneider, F. (2010). Korrupsiya va yashirin iqtisodiyot: empirik tahlil (Corruption and the Shadow Economy: An Empirical Analysis). Public Choice.
  8. 8.Choi, J. P., & Thum, M. (2005). Korrupsiya va yashirin iqtisodiyot (Corruption and the Shadow Economy). International Economic Review.
  9. 9.O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni. URL: https://lex.uz/docs/-3088008?ONDATE=21.04.2021
  10. 10.O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-6952742?otherlang=1
  11. 11.Becker, G. S. (1968). Jinoyat va jazo: iqtisodiy yondashuv (Crime and Punishment: An Economic Approach). Journal of Political Economy.
  12. 12.Klitgaard, R. (1988). Korrupsiyani nazorat qilish (Controlling Corruption). University of California Press.
  13. 13.Mookherjee, D., & Png, I. P. L. (1995). Korrupsiyaga moyil huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar: ularga qanday haq to‘lash kerak? (Corruptible Law Enforcers: How Should They Be Compensated?). The Economic Journal.
  14. 14.Polinsky, A. M., & Shavell, S. (2001). Korrupsiya va huquqni muhofaza qilishning optimal modeli (Corruption and Optimal Law Enforcement). Journal of Public Economics.
  15. 15.Hindriks, J., Keen, M., & Muthoo, A. (1999). Korrupsiya, tovlamachilik va soliqlardan bo‘yin tovlash (Corruption, Extortion and Evasion). Journal of Public Economics.

Downloads

Published

2026-10-31

How to Cite

Sarvarbek, R. (2026). YASHIRIN AYLANMALARGA QARSHI KURASHISH JARAYONLARIDA KORRUPSIYAVIY OMILLARNI ANIQLASH. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(10), 468–472. https://doi.org/10.5281/zenodo.23840974
Vol. 4 No. 10 (2026): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali 10-son