ASALARICHILIK XO‘JALIKLARIDA AKTIVLAR HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23911058Abstract
Maqolada asalarichilik xo‘jaliklarida aktivlar, xususan, asalari oilalarini biologik aktiv sifatida tan olish va hisobga olishni xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi asalari oilalarining biologik transformatsiyasi natijasida yuzaga keladigan qiymat o‘zgarishlarini hisobda o‘z vaqtida va ishonchli aks ettirish, haqiqiy qiymatni aniqlash metodikasini shakllantirish hamda analitik hisobni takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotda IAS 41 “Agriculture” va IFRS 13 “Fair Value Measurement” tamoyillari, muallifning asalarichilik xo‘jaligi uchun ishlab chiqilgan namunaviy hisob-kitoblari, taqqoslash, guruhlash, dinamik tahlil va diskontlangan pul oqimlari usullaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, mahsuldor va yosh asalari oilalarini alohida analitik hisobga olish, biologik aktivlar harakatining to‘liq siklini qayd etish va haqiqiy qiymatdagi o‘zgarishlarni moliyaviy natijada aks ettirish taklif etildi. Haqiqiy qiymat modelini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha amaliy yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.Keywords
asalarichilik, biologik aktiv, asalari oilasi, IAS 41, IFRS 13, haqiqiy qiymat, buxgalteriya hisobi, davlat subsidiyasi, baholash, moliyaviy hisobotReferences
IFRS Foundation. IAS 41 Agriculture. International Financial Reporting Standards. https://www.ifrs.org/issued-standards/ list-of-standards/ias-41-agriculture/
IFRS Foundation. IFRS 13 Fair Value Measurement. International Financial Reporting Standards.
IFRS Foundation. IAS 20 Accounting for Government Grants and Disclosure of Government Assistance.
IFRS Foundation. IAS 36 Impairment of Assets.
Muallif ishlanmasi. Asalarichilik xo‘jaliklarida biologik aktivlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha namunaviy hisob-kitoblar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi. Ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan umumiy talablar va ilmiy nashrlar bo‘yicha axborot materiallari. 6 Manba: muallif ishlanmasi.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


