QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Authors

  • Dilafruz Faxridinovna Ruziyeva “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi PhD katta o‘qituvchisi
  • Samad Dilshod o‘g‘li Tursunov
  • Sorbon Suhrob o‘g‘li Tog‘aymurodov
  • Murodjon O‘tamurod o‘g‘li Eshqulov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23912288

Abstract

Ushbu maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi va barqaror rivojlanishga ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamli qishloq xo‘jaligi, geografik axborot tizimlari, masofadan zondlash, sun’iy intellekt, Internet of Things, aqlli sug‘orish tizimlari, dronlar va raqamli boshqaruv platformalarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi o‘rni tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Agroplatforma” va “Agroportal”ning rivojlantirilishi, ekinlarni raqamli monitoring qilish va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha yangi mexanizmlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida raqamli texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun ishlab chiqarish hajmi, hosildorlik, mahsulot tannarxi, suv sarfi, mehnat unumdorligi, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liq holda baholash taklif etilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaralarini kompleks baholash modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari raqamlashtirish qishloq xo‘jaligida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, iqlim xatarlarini kamaytirish va fermer xo‘jaliklarining barqarorligini ta’minlash uchun muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Keywords

raqamli qishloq xo‘jaligi, innovatsiya, raqamli texnologiya, iqtisodiy samaradorlik, barqaror rivojlanish, fermer xo‘jaligi, sun’iy intellekt, GIS, IoT, aqlli sug‘orish, raqamli monitoring, resurs samaradorligi

References

World Bank. From Root to Fruit: Growing the Horticulture Sector in Uzbekistan. Washington, D.C., 2025.

Vitón, R., Garzaron, L., Menza, G., Zaccari, C., & Dolinga, M. (2025). The State of the Agri-, Food-, and Climate-Tech Innovation Ecosystem in Uzbekistan. CGIAR Accelerate for Impact Platform and Valoral Advisors. Rome, 2025.

Agroiqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida joriy aktivlar inventarizatsiyasini o‘tkazish va uning tahlili usullarini takomillashtirish. D. Ruziyeva. Green Economy and Development, 3 (2), 666007.

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida inventarizatsiya natijalari tahlilini takomillashtirish xususiyatlari. D. Ruziyeva. Green Economy and Development, 3 (2), 666019.

Downloads

Published

2026-10-01

How to Cite

Ruziyeva, D. F., Tursunov, S. D. o‘g‘li, Tog‘aymurodov, S. S. o‘g‘li, & Eshqulov, M. O. o‘g‘li. (2026). QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA BARQAROR RIVOJLANISHGA TA’SIRI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(10), 267–273. https://doi.org/10.5281/zenodo.23912288