Soliq siyosati va uning strategiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar tahliliy sharhi
Abstract
Mazkur maqolada respublikamizda yangi taraqqiyot strategiyasida soliq-budjet tizimini samaradorligini
ta’minlash masalasi yoritilgan. Har qaysi mamlakatning iqtisodiy siyosatida soliq siyosati o‘ta muhim ahmiyatga ega.
Soliq siyosati davlatning boshqa iqtisodiy siyosatining yo‘nalishlariga kuchli uzviy bog‘liqligi bilan bir qatorda, ularga ta’sir
qilib boradi. Soliq siyosatini to‘g‘ri ishlab chiqish va uning strategik hamda taktik yo‘nalishlarini belgilab olish o‘ta dolzarb
va murakkab jarayon hisoblanadi. Mazkur maqolada soliq siyosatining mazmuni, uning strategiyasi va taktikasi hamda
bugungi kunda O‘zbekiston soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi.



