Yashil iqtisodiyotni taʼminlashda oziq-ovqat xavfsizligining nazariy asoslari va uni baholashga taʼsir etuvchi ko‘rsatkichlar tahlili
Abstract
Ushbu maqolada global masalalardan biri – oziq-ovqat xavfsizligining nazariy
asoslari, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari, shuningdek, uni
baholashga taʼsir etuvchi ko‘rsatkichlar tahlili keltirilgan. Oziq-ovqat xavfsizligi va uning tarkibiy
qismlarini talqin qilish bo‘yicha turli yondashuvlar, shuningdek, jahon miqyosida aholini oziqovqat
mahsulotlari bilan taʼminlash muammosining keskinlashganligi maqolada olimlar fikrlarini
o‘rgangan holda bayon etilgan. Oziq-ovqat xavfsizligi tarkibiga kiruvchi elementlar tahlili, oziqovqat
xavfsizligi sohasida strategiyani belgilab beruvchi asosiy xalqaro organ haqidagi
maʼlumotlar maqolada o‘z aksini topgan.
Keywords
oziq-ovqat mahsulotlari; oziq-ovqat xavfsizligi; qishloq xo‘jaligi; aholi ehtiyojlari; oziq-ovqat sanoati; oziq-ovqat strategiyalari.Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2024 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


