Banklararo to‘lov tizimi mexanizmini rivojlantirish istiqbollari

Banklararo to‘lov tizimi mexanizmini rivojlantirish istiqbollari

Authors

  • Feruza Abduraximova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15743743

Keywords:

bank, banklararo to‘lov tizimi, elektron to‘lovlar, raqamli bank xizmatlari, milliy to‘lov tizimi, to‘lov infratuzilmasi, banklararo operatsiyalar, Markaziy bank, to‘lov xavfsizligi, tranzaksiya, moliyaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya, xalqaro to‘lov tizimlari, iqtisodiy samaradorlik

Abstract

Mazkur maqolada banklararo to‘lov tizimi mexanizmining hozirgi holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf
etish orqali tizimni takomillashtirish istiqbollari yoritilgan. To‘lov tizimi – milliy moliyaviy infratuzilmaning eng muhim tarkibiy
qismlaridan biri bo‘lib, uning samarali ishlashi banklar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tezkor, xavfsiz va ishonchli
amalga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda elektron to‘lov vositalarining jadal rivojlanishi, raqamli
texnologiyalarning bank sohasiga chuqur kirib borishi to‘lov tizimiga nisbatan yuqori talablarni yuzaga keltirmoqda. Shu
bois, banklararo to‘lov mexanizmini zamonaviylashtirish, uni avtomatlashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish
dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Maqolada banklararo to‘lov tizimining huquqiy asoslari, Markaziy bank tomonidan
joriy etilgan yangi texnologiyalar, mavjud platformalar va ularning ishlash tartibi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, xalqaro
tajriba, xususan rivojlangan mamlakatlar to‘lov tizimlarining ilg‘or jihatlari o‘rganilib, ularni milliy tizimga tatbiq etish
bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot davomida tizimdagi asosiy muammolar – kechikishlar, xavfsizlik kamchiliklari,
texnik nosozliklar, ma’lumotlar almashinuvidagi uzilishlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ishlab chiqildi

Author Biography

Feruza Abduraximova


Bank-moliya akademiyasi, ikkinchi bosqich magistranti

References

O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi

-I-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi

navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga

oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 6 oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni.

A.A.Xaydarov. Moliyaviy infratuzilma va to‘lov tizimlari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2021. 234 bet.

M.A.Raxmatov. “To‘lov tizimlarining transformatsiyasi va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri”. // Iqtisodiyot va innovatsion

texnologiyalar. – 2022. №4. – B. 56–63.

A.Q.Mamajonov. “Milliy to‘lov tizimining institutsional asoslari va rivojlanish tendensiyalari”. // O‘zbekiston moliyasi. –

№2. – B. 45–50.

Ланцов А.Е. Инфраструктура: понятие, виды и значение // Статистика и экономика. 2013. №3. С. 49–54.

Г.Р.Каримова. “Роль ИКТ в развитии межбанковской платежной системы Узбекистана”. // Банк и технологии. –

№1. – С. 23–30.

http://www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi sayti

https://www.imv.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti

http://www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi sayti

https://cbu.uz/ – O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki sayti

Downloads

Published

2025-04-07
Loading...