O‘zbekistonning Smart-turizm salohiyatini jahon turizm bozorida targ‘ib qilishning zamonaviy marketing strategiyalari
DOI:
https://doi.org/10.55439/GED/vol1_issmaxsus%20son/a614Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekistonning Smart-turizm salohiyatini jahon turizm bozorida targ‘ib qilishning
zamonaviy marketing strategiyalari, jahonda keng o‘rin egallayotgan turizmning turli jihatlari hamda rivojlanish
bosqichlarini axborot almashinuvi va PR(public relation) orqali yuzaga keladigan yutuqlar hamda mavjud
kamchiliklar ilmiy-nazariy va asoslangan fikr-mulohazalar keltirilgan boʻlib, globallashuv va integratsiyalashuv
muhitida turizmdagi yangiliklarni xorij davlatlar tajribasi va milliy amaliyotimizda qo‘llash juda ham muhimdir.
Shuningdek, bugungi kundagi barcha sohalardagi oʻzgarishlar singari turizmda ham yetarlicha oʻzgarishlar
sharoitidamiz. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda Smart-turizm salohiyatini jahon turizm
bozorida targ‘ib qilish juda ham muhim sanaladi. Ya’ni turizm targʻibot turlarining koʻpligi turizm sifat darajasini
oshirishiga sabab bo‘lishi mumkin boʻladi.



