Qoraqalpog‘istonda sanoatni restruktizatsiyalash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish: muammolar, istiqbollar va statistik tahlillar
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.16742480Keywords:
Sanoatni restruktizatsiyalash, yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalarAbstract
Ushbu tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatni qayta qurish (restruktizatsiyalash) va yashil
iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muammolar, imkoniyatlar va yechimlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada
mintaqaning hozirgi sanoat holati, ekologik muammolar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar statistik ma’lumotlar asosida tahlil
qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, eskirgan texnologiyalar, energiya samaradorligining pastligi va ekologik
inqirozlar mintaqaning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali bu muammolarni
bartaraf etish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada Qoraqalpog‘iston uchun yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha
amaliy takliflar ham keltirilgan.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.