SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI O‘QITISHGA QARATILGAN LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI VA ULARNING SAMARADORLIK TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18048202Keywords:
Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, IT eksport, investitsiyalar, ta’lim statistikasi, moliyalashtirish modellari, Coursera, inson kapitaliAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt (SI) ekotizimini rivojlantirishning asosiy omili
bo‘lgan inson kapitalini shakllantirish va ta’lim loyihalarini moliyalashtirish masalalari tadqiq qilingan.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakat yalpi ichki mahsulotida raqamli iqtisodiyot ulushi ikki karra oshib, 4 foizga yetdi,
IT xizmatlari eksporti esa 1 milliard dollarga yaqinlashdi. Shunga qaramay, 2025-yilgi statistika, SI ta’limida uzilishlar
mavjudligini ko‘rsatmoqda: birgina Coursera platformasida 105 689 nafar tinglovchi bo‘lgani holda, professional kadrlar
tayyorlovchi ta’lim muassasalarida esa – 34 ta ixtisoslashgan xususiy markaz (3022 bitiruvchi) va 47 ta OTM mavjud.
Maqolada 2030-yilgacha SI xizmatlari eksportini 1,5 milliard dollarga yetkazish maqsadiga erishish uchun xalqaro
tajriba (AQSH, Singapur, Xitoy) asosida venchur kapital, “computing vouchers” va natijaga asoslangan moliyalashtirish
mexanizmlari taklif etilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF–6079-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish
to‘g‘risida”gi PQ–4996-son qarori.
3. Stanford university (2024). Artificial intelligence index report 2024. Stanford institute for human-centered AI.
4. National science foundation (USA). National AI research resource (NAIRR) Pilot program details.
5. AI Singapore. AI Apprenticeship Programme (AIAP) Overview.
6. IT Park Uzbekistan (2025). Raqamli iqtisodiyot va IT eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha yillik hisobot.
7. Statistika agentligi. O‘zbekiston Respublikasi YAIM tarkibida raqamli iqtisodiyot ulushi tahlili (2024-2025).
8. Coursera (2024). Global Skills Report 2024.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.