TIBBIY XIZMATLAR BOZORI SAMARADORLIGI VA AHOLI SALOMATLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

TIBBIY XIZMATLAR BOZORI SAMARADORLIGI VA AHOLI SALOMATLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

Authors

  • Shermirza Sayitbayev

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18074932

Keywords:

tibbiy xizmatlar bozori, sog‘liqni saqlash tizimi, aholi salomatligi, bozor samaradorligi, davlat budjeti xarajatlari, tibbiyot xodimlari ish haqi, mehnat motivatsiyasi, sog‘liqni saqlash islohotlari, inson kapitali, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, ijtimoiy farovonlik

Abstract

Mazkur maqolada tibbiy xizmatlar bozori samaradorligini oshirish orqali aholi salomatligini ta’minlash
masalalari iqtisodiy va institutsional yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sog‘liqni saqlash tizimining bozor
mexanizmlari bilan uyg‘unlashuvi, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlar, moliyalashtirish manbalari hamda
mehnat resurslaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Aholi salomatligini mustahkamlash
jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun muhim shart sifatida qaralib, ushbu jarayonda tibbiyotga oid xizmatlar bozorining
roli tobora ortib borayotgani ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Maqolada rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida sog‘liqni saqlash xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, soha
bandligi va xizmatlar sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritiladi. Xususan, Germaniya misolida sog‘liqni saqlashga YAIMning
salmoqli qismi yo‘naltirilishi va aholining katta qismi ushbu sohada band ekani tibbiy xizmatlar bozorining iqtisodiyotdagi
strategik ahamiyatini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston sharoiti bilan taqqoslanib, milliy sog‘liqni saqlash
tizimining imkoniyatlari va cheklovlari, xarajatlar tarkibida ish haqi ulushining yuqoriligi, tibbiyot xodimlari mehnatini
rag‘batlantirish hamda motivatsiya masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarning nomoddiyligi, talabning
noaniqligi, axborot asimmetriyasi, tibbiy monopoliyalar va kasbiy xatarlar bozor samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi
omillar sifatida ochib berilib, so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirilayotgan
islohotlar ijobiy baholanadi va ularning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritiladi.

Author Biography

Shermirza Sayitbayev

Namangan davlat texnika universiteti professori

References

1. Grossman, Michael. The Demand for Health: A Theoretical and Empirical Investigation. New York: Columbia University

Press, 1972. https://www.nber.org/books-and-chapters/demand-health

2. World Bank. World Development Report: Investing in Health. Washington, DC: World Bank, 1993.https://www.

worldbank.org/en/topic/health/publication/world-development-report-1993

3. Shodmonov, Sh. Sh. Ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish va ularning iqtisodiy samaradorligi. Toshkent: Iqtisodiyot, 2018.

4. World Health Organization. Health Systems Financing: The Path to Universal Coverage. Geneva: WHO, 2010.

5. Isomuxamedov, A. (2025). KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA XARAJATLAR VA DAROMADLAR HISOBINI TASHKIL

ETISH VA TAHLIL QILISH. “OʻZBEKISTON—2030: INNOVATSIYA, FAN VA TAʼLIM ISTIQBOLLARI” mavzusidagi

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1(2), 65-67.

6. Холмирзаев, У. А. (2023). ДЕБИТОР ҚАРЗЛАРИНИ АЙЛАНИШИ ТАҲЛИЛИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

МАСАЛАЛАРИ: ДЕБИТОР ҚАРЗЛАРИНИ АЙЛАНИШИ ТАҲЛИЛИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ.

7. Abdulazizovich, X. U. B. (2023). Moliyaviy aktivlar hisobini yuritishda xalqaro standartlar qoidalarini qo‘llash

masalalari. Ilmiy monografiya. Toshkent–2023

Downloads

Published

2025-12-01

How to Cite

Sayitbayev , S. (2025). TIBBIY XIZMATLAR BOZORI SAMARADORLIGI VA AHOLI SALOMATLIGINI TA’MINLASH MASALALARI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 3(12). https://doi.org/10.5281/zenodo.18074932
Loading...