MHXS ASOSIDA SUG‘URTA KOMPANIYALARINING BUGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYALARI

MHXS ASOSIDA SUG‘URTA KOMPANIYALARINING BUGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYALARI

Authors

  • Baxodir Alimov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18663110

Keywords:

MHXS, sug‘urta kompaniyalari, buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, IFRS 17, risklarni boshqarish, investitsiya faoliyati, sug‘urta zaxiralari, xalqaro tajriba, moliyaviy barqarorlik

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada sug‘urta kompaniyalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilni Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari (MHXS), xususan IFRS 17 talablari asosida takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning
asosiy maqsadi sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy hisobotning shaffofligini oshirish, sug‘urta majburiyatlarini aniq baholash
hamda risklarni samarali boshqarish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
Maqolada xalqaro tajribalar asosida sug‘urta kompaniyalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, moliyaviy tahlilni
rivojlantirish va uning boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi strategik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida tizimli
yondashuv, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik usullar hamda SWOT-tahlil metodlaridan foydalanildi. Rivojlangan davlatlar
sug‘urta kompaniyalarining 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish tendensiyalari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari
va kapital yetarliligi darajasi tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalari MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish moliyaviy ma’lumotlarning ishonchliligi va shaffofligini
oshirishga, investitsiya jozibadorligini kuchaytirishga hamda risklarni yanada aniq baholashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalarni hisob va tahlil jarayonlariga integratsiya qilish sug‘urta kompaniyalarining operatsion
samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Tadqiqot yakunida sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tizimini modernizatsiya qilish, aktuar tahlilni rivojlantirish
hamda moliyaviy tahlilni strategik boshqaruv tizimi bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Ushbu natijalar sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va ularning xalqaro moliya bozorlariga
integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Author Biography

Baxodir Alimov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining
“Loyiha boshqaruvi” kafedrasi professori v.b., PhD dots.


References

1. Epstein, B. J., & Mirza, A. A. (2022). Interpretation and Application of International Financial Reporting Standards. New

York: John Wiley & Sons.

2. Walton, P. (2019). Global Financial Accounting and Reporting: Principles and Analysis. Cambridge: Cambridge

University Press.

3. Nobes, C., & Parker, R. (2020). Comparative International Accounting. London: Pearson Education Limited.

4. Cummins, J. D., & Weiss, M. A. (2018). Insurance Economics and Finance. New York: Springer Publishing.

5. Elmirzaev, Sh. N. (2019). Moliyaviy tahlil. Toshkent: Iqtisod-Moliya.

6. Alimov, B. B. (2023). Sug‘urta kompaniyalarida moliyaviy boshqaruv va tahlil. Toshkent.

7. Herz, R. H. (2017). Accounting Developments in the Insurance Industry. Norwalk: Financial Accounting Standards

Board (FASB) Publications.

8. Jo‘rayev, N. T. (2018). Sug‘urta faoliyatining buxgalteriya hisobi va audit. Toshkent: Fan va texnologiya.

9. Shodmonov, Sh. Sh. (2020). Moliya nazariyasi. Toshkent: Iqtisodiyot.

10. Swiss Re Institute. (2021–2024). Global Insurance Review: Annual Reports. Zurich: Swiss Re Institute.

11. Drucker, P. F. (2008). Management: Tasks, Responsibilities, Practices. New York: Harper & Row Publishers.

Downloads

Published

2026-02-01

How to Cite

Alimov , B. (2026). MHXS ASOSIDA SUG‘URTA KOMPANIYALARINING BUGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYALARI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(2). https://doi.org/10.5281/zenodo.18663110
Loading...