TADBIRKORNING KREDIT, FOIZ, SOLIQ TO‘LOVLARI VA ULARNI OPTIMALLASHTIRISH YO‘LLARI XUSUSIDA
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18722863Keywords:
kredit, bank foizi, tadbirkorlik, penya, jarima, soliq, ish haqi, ijara, daromad, pul oqimi, likvidlik, hisob siyosati, moliyaviy risk, refinanslash, qarz yukiAbstract
Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, xususan,
kredit resurslaridan foydalanish, bank foizlari va qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari, shuningdek, soliq majburiyatlarini o‘z
vaqtida va to‘g‘ri bajarish masalalari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda kreditlash amaliyotini yoritib beriladi.
Soliq to‘lovlari bo‘yicha esa hisob-kitob va hisobot intizomidagi kamchiliklar, xarajatlarni hujjatlashtirish darajasi, ish haqi
hamda ijtimoiy to‘lovlarni rejalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolaning ilmiy yangiligi sifatida kredit va
soliq yukini “kamaytirish” emas, balki pul oqimiga asoslangan qonuniy moliyaviy boshqaruv orqali optimallashtirish modeli
asoslab beriladi. Hisob-kitobli misollar orqali to‘lovlarni kechiktirish hatto qisqa muddatda ham qo‘shimcha xarajatlarni
sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatib beriladi. Natijada tadbirkorlar uchun kassa rejasi, to‘lov kalendarlari, refinanslash va
restrukturizatsiya mexanizmlari hamda hisob siyosatiga tayangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida: Qonun. — QHMMB, 03/19/582/4014-son, 2019-11-12.
3. Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. — Toshkent: O‘zbekiston, 2020.
4. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. — (amaldagi tahriri).
5. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. — Toshkent: Adolat, 2022.
6. Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori, 2023-09-14, № PQ-306. https://lex.uz/uz/docs/-6609110.
7. Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori, 2023-11-15, № PQ-366. http://lex.uz/uz/docs/-6663044.
8. 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori, 2024-01-09, № PQ-7. https://lex.uz/ru/docs/-6752402.
9. Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori, 2024-12-07, № PQ-312. https://lex.uz/docs/-7093832.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. 2022-yildagi faoliyat bo‘yicha hisobot. — Toshkent: Markaziy bank, 2023.
11. Yahyoev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. — Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2003.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.