XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Ziyoda Akmalova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18810971

Abstract

Mazkur maqola O‘zbekiston sharoitida xorijiy tajriba asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishning nazariy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada avvalo kichik biznes tushunchasi, uning ijtimoiyiqtisodiy
ahamiyati hamda xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xorijiy
mamlakatlarda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari, innovatsion yondashuvlar va davlat
dasturlari o‘rganiladi. Xorij tajribasining o‘zbek sharoitida tatbiq etish imkoniyatlari hamda mavjud cheklovlar nazariy
jihatdan tahlil qilinadi.
Maqola doirasida, kichik biznes subyektlarini moliyaviy, huquqiy va kadrlar bilan ta’minlashning asosiy tamoyillari ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, xorijiy tajribada qo‘llanilayotgan startap ekotizimi, inkubator va akselerator loyihalari, mentorlik
tizimlari kabi innovatsion mexanizmlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida ushbu mexanizmlarni tatbiq etish orqali
tadbirkorlik muhitini soddalashtirish, investitsion jalbni oshirish va raqobatbardosh biznes subyektlarini shakllantirish
imkoniyatlari ko‘rsatiladi.
Maqola nazariy tahlil, qiyosiy va konseptual yondashuvlarga asoslangan bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirishdagi zamonaviy
tendensiyalarni ochib beradi. Xorij tajribasini o‘rganish va uni mahalliy sharoitga moslashtirish orqali kichik biznesning
barqaror rivojlanishini ta’minlash, iqtisodiy diversifikatsiya va ish bilan bandlikni oshirishga hissa qo‘shish mumkinligi
ta’kidlanadi.

Keywords

kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, xorijiy tajriba, innovatsiya, investitsiya, startap.

Author Biography

Ziyoda Akmalova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi

References

  1. 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning
  2. 2.qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. PQ-366-son. 15.11.2023.
  3. 3.2. Asatullayev X.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning institutsional asoslari. – Toshkent : Iqtisodiyot
  4. 4.nashriyoti, 2019. – 164 b.
  5. 5.3. Azizov D., Tursunov F. Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni rivojlantirish mexanizmlari va O‘zbekistonga tatbiq etish
  6. 6.imkoniyatlari. – T.: Journal of Entrepreneurship Studies, 2019. – B.45–62.
  7. 7.4. Ergashev R. Kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va huquqiy asoslari. – T.: Fan va
  8. 8.texnologiya nashriyoti, 2018. – B.176.
  9. 9.5. Hajiyev B.D.Innovatsion iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari. – Toshkent : Iqtisodiyot va
  10. 10.moliya nashriyoti, 2021. – 176 b.
  11. 11.6. Ismoilov A. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari. – T.: Iqtisodiyot va moliya
  12. 12.nashriyoti, 2020. – B.152.
  13. 13.7. Joseph Schumpeter.The Theory of Economic Development. – Cambridge, MA : Harvard University Press, 1934. – 255 p.
  14. 14.8. Karimov B. Innovatsion tadbirkorlik va startap ekotizimlari: O‘zbekiston va xorijiy tajribalar taqqoslash. – T.: O‘zbekiston
  15. 15.iqtisodiy tadqiqotlari markazi, 2021. – B.178.
  16. 16.9. Norboyev O.A. Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish. – Toshkent :
  17. 17.Fan va jamiyat, 2020. – 142 b.
  18. 18.10. OECD & World Bank. SxME Policy Index: Eastern Partner Countries 2020. – Paris & Washington, DC: OECD
  19. 19.Publishing, 2020. – B.198.
  20. 20.11. OECD. Financing SMEs and entrepreneurs 2022: An OECD Scoreboard. – Paris: Organisation for Economic
  21. 21.Co-operation and Development, 2022. – B.240.
  22. 22.12. Peter Drucker. Innovation and Entrepreneurship: Practice and Principles. – New York : Harper & Row Publishers,
  23. 23.1985. – 277 p.
  24. 24.13. Rahmonov S., Saidov M. Startap inkubatorlarining tadbirkorlik rivojiga ta’siri: Global tajriba va O‘zbekiston sharoiti. –
  25. 25.T.: Central Asian Journal of Business, 2021. – B.12–28.
  26. 26.14. World Bank. Doing Business 2021: Comparing business regulation in 190 economies. – Washington, DC: World Bank
  27. 27.Group, 2021. – B.312.

Downloads

Published

2026-02-01

How to Cite

Akmalova , Z. (2026). XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(2). https://doi.org/10.5281/zenodo.18810971
Vol. 4 No. 2 (2026): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali 2-son