YASHIL IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING ISH BILAN BANDLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH METODOLOGIYASI

YASHIL IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING ISH BILAN BANDLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH METODOLOGIYASI

Authors

  • To‘lqinbek Bobojonov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18811226

Keywords:

yashil iqtisodiyot, bandlik, mehnat bozori, yashil ish o‘rinlari, inson kapitali, iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik, investitsiyalar, Cobb-Douglas ishlab chiqarish funksiyasi, iqtisodiy transformatsiya, mehnat resurslari, barqaror rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonining bandlikka ta’siri va mehnat
resurslarining sektorlararo qayta taqsimlanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi yashil (green) va
an’anaviy (brown) sektorlar kesimida ishlab chiqarish omillari hamda bandlik o‘zgarishlarini modellashtirish orqali
yashil transformatsiyaning kutilayotgan samaradorligini asoslab berishdan iborat. Ishlab chiqarish hajmini baholashda
sektorlar kesimidagi Cobb-Douglas turidagi funksional model qo‘llanildi, mehnat resurslari harakatini ifodalash uchun
transformatsiya tenglamasi taklif etildi. Yondashuvda texnologik rivojlanish, kapital oqimi va inson kapitali omillarining
ishlab chiqarish hamda bandlikka uzviy bog‘liqligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari yashil sektor ulushining oshishi kapital
va texnologiya parametrlarining faollashuvi orqali yangi ish o‘rinlari shakllanishiga turtki berishini asoslaydi. Shuningdek,
2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushining ortishi sharoitida resurs tejamkorligi va investitsiya yo‘nalishlaridagi
siljishlar bandlik transformatsiyasini tezlashtirishi kutilishi qayd etildi. Ilmiy yangilik sifatida bandlik transformatsiyasini
sektorlararo o‘tish ulushlari orqali ifodalovchi soddalashtirilgan dinamik mexanizm hamda uni Cobb-Douglas modeli bilan
uyg‘unlashtiruvchi konseptual yondashuv taklif qilindi. Xulosa sifatida yashil iqtisodiyot siyosatini qo‘llab-quvvatlash,
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini kuchaytirish bandlikni oshirishning muhim yo‘nalishlari ekani ta’kidlanadi

Author Biography

To‘lqinbek Bobojonov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi tayanch doktoranti


References

1. United Nations Environment Programme (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development

and Poverty Eradication. Nairobi: UNEP.

2. Keese, M., & Marcolin, L. (2023). Labour and social policies for the green transition: A conceptual framework. OECD

Working Paper, No. 295. https://doi.org/10.1787/028ffbeb-en

3. Strietska-Ilina, O., et al. (2011). Skills for green jobs: A global view. ILO (Skills and Employability).

4. Arteeva, V. (2024). Assessment of the Impact of Green Economy Development on Employment. E3S Web of

Conferences.

5. UNDP Uzbekistan (PAGE). Press-release / Programme materials on advancing green economy framework.

6. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lumotlari, IEA prognozlari va muallif hisob-kitoblari asosida tuzilgan.

7. Cobb, C. W., & Douglas, P. H. (1928). A theory of production. The American Economic Review, 18(1), 139–165.

8. Sangirova, U. (2024). Green economy development in the Republic of Uzbekistan. BIO Web of Conferences, 49,

08028. https://doi.org/10.1051/bioconf/20244908028

9. Daniil, K. (2025). Green economy in Uzbekistan: Prospects and challenges. Management, Marketing and Finance

International Scientific Journal, 2(1), 153–160. https://jmmf.uz/uploads/202501/M-24.pdf

Downloads

Published

2026-02-01

How to Cite

Bobojonov , T. (2026). YASHIL IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING ISH BILAN BANDLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH METODOLOGIYASI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(2). https://doi.org/10.5281/zenodo.18811226
Loading...