MEHNAT MUNOSATLARINI TARTIBGA SOLISHDA RAQAMLI PLATFORMALARINING O‘RNI

MEHNAT MUNOSATLARINI TARTIBGA SOLISHDA RAQAMLI PLATFORMALARINING O‘RNI

Authors

  • I.A.Bakiyeva
  • S.A.Bozorova

Keywords:

raqamli iqtisodiyot, raqamli platformalar, mehnat munosabatlari, platforma bandligi, gig-iqtisodiyot, masofaviy ish, mehnat bozori transformatsiyasi, algoritmli boshqaruv, raqamli bandlik, mehnatni tartibga solish

Abstract

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat munosabatlarini tartibga solishda raqamli
platformalarning o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi raqamli platformalarning zamonaviy mehnat
munosabatlariga taʼsirini baholash hamda ularni institutsional va huquqiy jihatdan tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarini
aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, normativ-huquqiy tahlil, statistik va kontent-tahlil
usullaridan foydalanildi.
Olingan natijalar raqamli platformalar mehnat munosabatlarining anʼanaviy modelini transformatsiya qilib, ish beruvchi,
ijrochi va raqamli platforma o‘rtasidagi yangi hamkorlik munosabatlarini shakllantirayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqotda
platforma bandligi mehnat bozori moslashuvchanligini oshirishi, bandlik imkoniyatlarini kengaytirishi hamda iqtisodiy
faollikni rag‘batlantirishi aniqlandi. Shu bilan birga, platformalar orqali mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida
mehnat huquqlari, ijtimoiy himoya va huquqiy maqom bilan bog‘liq muammolar mavjudligi asoslandi.
Tadqiqot natijalari asosida raqamli platforma mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini
moslashtirish va raqamli bandlikni rasmiy iqtisodiyotga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi. Maqola
natijalari mehnat bozorini raqamlashtirish sharoitida davlat mehnat siyosatini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga
ega.

Author Biographies

I.A.Bakiyeva


prof.v.b., Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi”

S.A.Bozorova


dotsent, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi”

References

1. Pilatti, G. R., Pinheiro, F. L., & Montini, A. A. (2024). Systematic Literature Review on Gig Economy: Power Dynamics,

Worker Autonomy, and the Role of Social Networks. Advances in Management Science.

2. International Labour Organization. (2021). Gig economy and the world of work: the role of digital platforms – ILO

overview.

3. Nature Communications. (2025). Gig economy and its impact on individual employment: an empirical analysis – Digital

labour worker implications.

4. K.X.Abdurahmonov, N.Z.Kalandarovna. Suniiy intellekt davrida mehnat iqtisodiyoti. Darslik. T.Ilm-Maʼrifat nashriyoti.

2025 yil. 355 bet.

Downloads

Published

2026-02-01

How to Cite

I.A.Bakiyeva, & S.A.Bozorova. (2026). MEHNAT MUNOSATLARINI TARTIBGA SOLISHDA RAQAMLI PLATFORMALARINING O‘RNI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(2). Retrieved from https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/9409
Loading...