Yangi Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish imkoniyatlari

Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoning chorrahasida joylashgan Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot yoʻlida salmoqli qadamlar tashlamoqda. Oʻzining boy tarixi, ulkan qazilma resurslari, geografik joylashuvi va barqaror rivojlanish yoʻlini belgilab olish orqali mamlakat oʻzining iqtisodiy salohiyatini yuksaltirib bormoqda.

Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyot sari bosib oʻtgan yoʻli, uning oʻz iqtisodiyotini oʻzgartirish va fuqarolar hayotini farovoligini oshirisha qaratilgan. Keng qamrovli islohotlar, maqsadli investitsiyalar va strategik sheriklik orqali Oʻzbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiyalash, xorijiy investorlarni jalb etish va innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Mamlakatning qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, energetika, turizm, texnologiya, infratuzilma va taʻlim kabi sohalarga sezilarli sarmoyalar yo`naltirilgan holda eʻtibor qaratilishi barqaror va inklyuziv oʻsishga olib belmoqda.

Shunday boʻlsa-da, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyoti yoʻlida hali oʻz yechimini kutayotgan juda koʻplab muommo va kamchiliklar mavjud. Qilinishi zarur boʻlgan ishlar qilinganidan koʻra ming karra koʻproq.

Bizning fikrimizcha, Yangi Oʻzbekistonning har tomonlama rivojlantirish va yuqori iqtisodiy oʻsishiga erishishi uchun quydagi soha va tarmoqlarni rivojlantirishiga ahohida eʻtibor berish taraqqiyotimizning kalitidir.

Taʻlim va inson kapitalini rivojlantirish: taʻlim sifatini oshirish va malaka oshirish raqobatbardosh ishchi kuchini rivojlantirish uchun juda muhimdir. Kasbiy taʻlimni kuchaytirish, universitetlarda tadqiqot va ishlanmalarni ragʻbatlantirish, innovatsiyalar va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash turli tarmoqlarning oʻsishini jadallashtirishi va buning natijasida mamlakatga investitsiyalarni oqimini oshirish mumkin.

Moliyaviy xizmatlar: kuchli va inklyuziv moliyaviy sektorni rivojlantirish investitsiya, tadbirkorlik va iqtisodiy oʻsishni tezlashtiradi. Moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish va foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bu sohasi tartibga solish qonunchiligini yaxshilash, moliyaviy texnologiya (fintech) innovatsiyalarini ilgari surish va xorijiy banklarni jalb qilish orqali kapitalni safarbar qilish iqtisodiy faoliyatni mamlakat boʻylab tez oʻsishiga imkoniyat beradi.

Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar: IT sektorining rivojlanishi texnologik yutuqlarni, raqamli transformatsiyani va yuqori ilmiy sahohiyatga asoslangan sanoatni rivojlantirishga olib keladi. Tadbirkorlikni ragʻbatlantirish va biznes muhitini qoʻllab-quvvatlovchi davlat siyosatni olib borish, tadqiqot va ishlanmalarga investitsiya kiritish, startaplar rivojlanishiga koʻmaklashish Oʻzbekistonni mintaqaviy texnologik markazga aylantiradi.

Energiya va tabiiy resurslar: Oʻzbekiston muhim tabiiy resurslarga, jumladan, neft, gaz, foydali qazilmalar va qayta tiklanadigan energiya salohiyatiga ega. Ushbu resurslarni barqaror rivojlantirish, qazib olish va qidiruv ishlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish ham ichki energiya xavfsizligini, ham eksport daromadlarini oshirishga yordam beradi.

Ishlab chiqarish va sanoatlashtirish: ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlariga eʻtibor qaratish Oʻzbekistonga qiymat zanjirida yuqoriga koʻtarilishiga va iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga yordam beradi. Yuqori qiymat yaratadigan toʻqimachilik, avtomobilsozlik, elektronika, farmatsevtika va mashinasozlik kabi sohalarga, ayniqsa, bugungi kunda talab yuqori boʻlgan mikrochiplar sanoatiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish iqtisodiy oʻsishni jadallashtiradi. Bu oʻz navbatida koʻplab ish oʻrinlari yaratilib ishsizlik darajasini kapaytirishga ham sabab boʻladi.

Transport va logistika: Transport infratuzilmasi va aloqani yaxshilash ichki va xalqaro savdoni yengillashtirishi, logistika xarajatlarini kamaytirishi va iqtisodiy integratsiyani ragʻbatlantirishi mumkin boʻlgan omillar hisoblanadi. Avtomobil, temir yoʻl va havo transporti tarmoqlariga investitsiyalar samarali bojxona siyosati bilan bir qatorda savdo hajmini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.

Turizm: Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi uni jozibador sayyohlik maskaniga aylantirishga imkoniyat beradi. Infratuzilmani rivojlantirish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, sayyohlik xizmatlarini ragʻbatlantirish va viza jarayonlarini osonlashtirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar turizm sektorining iqtisodiy oʻsishga, ish oʻrinlari yaratishga va bu sohadan keladigan valyuta tushumlarini ortishiga hissa qoʻshadi.

Qishloq xoʻjaligi va agrobiznes: Oʻzbekiston kuchli qishloq xoʻjaligi bazasiga ega va bu sohani yanada rivojlantirish eksportni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi. Zamonaviy dehqonchilik texnikasi, sugʻorish tizimlari, qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadqiqotlar va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qaytash ishlash orqali qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hosildorlikni oshirish va ish bilan taʻminlash imkoniyatlarini oshiradi.

Muxtasar qilib ayqtganda, bu tarmoqlarni rivojlantirish strategiyasi Oʻzbekistonning oʻziga xos kuchli tomonlari, resurslari va bozor imkoniyatlari mos kelishi kerak. Qolaversa, yaxshi iqtisodiy va siyosiy boshqaruvni ta’minlash, shaffof qonunchilik muhitini yaratish, barcha investorlar uchun qulay va teng sharoitlar yaratish ushbu tarmoqlarga mahalliy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.

Sindarov Fazliddin Qahramonovich,

TDIU, Moliya kafedrasi assistenti

Янгиликларни дўстларингизга улашинг