Aholi daromadlarining tarkibiga soliqning ta’siri

Xojiyev Jaxongir Dushabayevich,

TDIU, Moliya kafedrasi dots. v.b.

 

Mamlakatimizda aholining daromadlari muhim iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki u uy xo‘jaligining iste’mol ko‘lamini, uning jamg‘arma va investitsiyalar nuqtai nazaridan kelajakda kechiktirilishini belgilaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari miqdoriga ko‘plab omillar ta’sir qiladi va bu omillardan biri soliqqa tortish tizimidir.

Soliqlarning nafaqat aholi daromadlari uchun, balki ularning daromadlar tengsizligini ta’minlashda milliy iqtisodiyot uchun muhimligini hisobga olgan holda, aholi daromadlari tarkibi xususan, soliq solish soliq tizimining aholi daromadlar shakllanishiga ta’sirini baholash muhim hisoblanadi.

Bunda uy xo‘jaliklarining pul daromadlari tarkibini o‘zgarishi va aholi daromadlarini tartibga solish mamlakatda amalga oshirilgan soliq islohotlarida aholi daromadlarini soliq tortish tizimini takomillashtirish, jumladan, samarali soliq stavkalari joriy qilinishi bilan belgilanadi.

Shu ma’noda, har bir uy xo‘jaligi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida yoki ularning umumiyligi, iqtisodiyotda uy xo‘jaligi sohasini tashkil etuvchi, mehnat birliklarining yuqori unumdorligi, keng ko‘lamli iste’mol va faoliyat hajmining oshishi tufayli kamida uchta yo‘nalishda sezilarli iqtisodiy o‘sishga egadir.

Fikrimizcha, bunday jarayonlarda uy xo‘jaligining tasarrufidagi daromad miqdori muhim o‘rin tutadi. Chunki, shaxsiy iste’moldagi tovar va xizmatlar tarkibi hamda miqdori, jamg‘arma normasi yoki investitsion faolligi ko‘p jihatdan soliqlar to‘langandan keyingi aholi ixtiyoridagi real daromad summasiga bevosita bog‘liqdir. Bu, bir tomondan, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, xususan, soliq va ijtimoiy sug‘urta yukining funktsiyasidir. O‘z navbatida, iqtisodiy siyosatning quyidagi beshta asosiy masalasini muhokamasi muhim hisoblanadi: daromad solig‘ining daromad taqsimotiga ta’siri, iste’mol va daromadni soliqqa tortishda tabaqalashtirilgan soliq stavkasini qo‘llash, inson va jismoniy kapitalni soliqqa tortish, inflyatsiyaning iqtisodiyotning kapital intensivligiga ta’siri va jamg‘arma normasi yetarli darajadaligi yoki yuqoriligi haqida munozaralar.

Xususiy jamg‘arma normasi soliqlardan to‘langandan keyingi real daromad stavkasiga sezgir bo‘lgan iqtisodiyotda yoki davlat sektorining daromad hisobiga sarmoya kiritishga bo‘lgan marjinal moyilligi xususiy sektorning xususiy daromad hisobiga tejashga bo‘lgan marjinal moyilligidan farq qiladi bu taxmin noto‘g‘ri. Chunki, daromad solig‘i orqali bir vaqtning o‘zida aholi daromadini soliqqa tortilgandan keyin kapital daromadini rentabellik darajasini pasaytiradi va resurslarni xususiy sektordan davlat sektoriga o‘tkazadi, milliy jamg‘arish normasi hamda mehnat va kapital nisbatiga ta’sir o‘tkazadi. Fikrimicha, bunda daromad solig‘ining va iste’mol solig‘ining tabaqalashtirilgan qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim masala hisoblanadi.

Umuman olganda, soliqlarning uy xo‘jaliklari daromadlariga ta’siri iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar nuqtai nazaridan shaxsiy imkoniyatlar hamda uy xo‘jaligi sektori milliy iqtisodiyotning eng katta sof jamg‘aruvchi sifatida mamlakatda iqtisodiy faoliyat uchun muhimligi sababli dolzarb ilmiy va amaliy xususiyatga ega masala hisoblanadi.

Uy xo‘jaliklarining daromadlari turli manbalardan tashkil topadi:

ish haqi va boshqa mehnatga haq to‘lash;

investisiya faoliyati, shu jumladan shaxsiy mulk buyumlari oldi-sotdisi daromad, renta, foizlar, dividendlar;

tadbirkorlik faoliyati; davlat ijtimoiy to‘lovlari; xorijda ishlayotgan shaxslardan ko‘chirmalar;

boshqa daromadlar.

Uy xo‘jaliklarining pul tushumlarini shakllantirish manbalarining xilma-xilligi ularni to‘rt guruhga bo‘lish imkonini beradi.

Jumladan, soliq solish maqsadlarida quyidagilar uy xo‘jaliklarining daromadi tarkibiga quyidagilardan iborat:

mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;

mulkiy daromadlar;

moddiy naf tarzidagi daromadlar;

boshqa daromadlar.

Muxtasar qilib aytganda, jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini kamaytirishning mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o‘z daromadlarini (tegishli bo‘lgan uy xo‘jaliklarining daromadlarini) shakllantirish va soliqqa tortish tartibini to‘liq tushunib yetishi, xususiy moliyani boshqarishning muhim jihati hamda samarali boshqarishning zaruriy sharti sifatida belgilangan.

Янгиликларни дўстларингизга улашинг