DAVLAT QARZINING IQTISODIY OʻSISHGA TAʼSIRI: PANEL MAʼLUMOTLAR TAHLILI

DAVLAT QARZINING IQTISODIY OʻSISHGA TAʼSIRI: PANEL MAʼLUMOTLAR TAHLILI

Authors

  • Sanakulova B. R.
  • Jamolov M.M.

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17685749

Keywords:

davlat qarzi, iqtisodiy oʻsish, qarz yuki, threshold tahlil, panel maʼlumotlari, YAIM, qarz yuki

Abstract

Ushbu maqolada davlat qarzining iqtisodiy oʻsish surʼatiga taʼsiri tadqiq etilgan boʻlib, diqqat markazida
qarz miqdorining iqtisodiy oʻsishga nisbatan chegaraviy qiymatini (threshold) aniqlash masalasi turadi. Tadqiqot doirasida
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo 13 ta mamlakatning 25 yillik panel maʼlumotlari tahlil qilindi. Iqtisodiy oʻsishga taʼsir
etuvchi omil sifatida davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati (foizda) va boshqa bir qator nazorat oʻzgaruvchilari,
jumladan tashqi savdo ochiqligi, asosiy kapitalga investitsiyalar ulushi, mehnat resurslari oʻsish surʼati va inflyatsiya
hisobga olindi. Empirik tahlil uchun fiksirlangan va tasodifiy taʼsir modellari qoʻllanilib, Hausman testi yordamida optimal
panel modeli tanlandi, hamda Hansen 1999-yilda ishlab chiqqan usul asosida ikki rejimli threshold regressiya modeli
qoʻllandi. Natijalar qarz va oʻsish oʻrtasida nolineyar, invertirlangan U shaklidagi bogʻliqlik mavjudligini koʻrsatdi. Davlat
qarzi YAIMga nisbatan maʼlum darajagacha iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi, ammo taxminan 35% atrofidagi kritik
nuqtadan oshganda, qarzning qoʻshimcha oʻsishi iqtisodiy oʻsish surʼatini pasaytirishga moyillik keltirib chiqaradi. Tahlil
natijasida Oʻzbekiston misolida 2024–2030-yillarga moʻljallangan prognozlar ham keltirilgan. Maqola yakunida davlat
qarzini samarali boshqarish va barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha tegishli xulosalar hamda tavsiyalar berilgan

Author Biographies

Sanakulova B. R.


i.f.d., professor
Alfraganus University

Jamolov M.M.


Yetakchi mutaxassis
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

References

1. Chandra, Ramesh. (2022). Paul Krugman, New Trade Theory and New Economic Geography.

2. Reinhart, Carmen M., and Kenneth S. Rogoff. 2010. “Growth in a Time of Debt.” American Economic Review 100 (2):

573–78.

3. Ўзбекистон Республикасининг 29 апрель 2023 йилдаги 836-сон Давлат қарзи тўғрисида Қонуни

4. Miller, M.H. and Modigliani, F. (1961) Dividend Policy, Growth, and the Valuation of Shares. The Journal of Business,

34, 411-433.

5. Pattillo, Catherine & Poirson, Hélène & Ricci, Luca. (2002). External Debt and Growth. Review of Economics and

Institutions. 2. 10.5202/rei.v2i3.45.

6. Lee, S. et al (2017), ‘Testing for a debt-threshold effect on output growth’38(4).

7. Vinokurov, E., Lavrova, N., & Petrenko, V. (2020). Optimal debt and the quality of institutions (EFSD Working Paper

No. 20/4). European Fund for Sustainable Development.

8. Jacobs, J., Ogawa, K., Sterken, E., & Tokutsu, I. (2020). Public debt, economic growth and the real interest rate: A

panel VAR approach to EU and OECD countries. Applied Economics, 52(12), 1377–1394.

9. Levin, A., Lin, C.F. and Chu, C.S.J. (2002) Unit Root Tests in Panel Data: Asymptotic and Finite-Sample Properties.

Journal of econometrics, 108, 1-24.

Downloads

Published

2025-11-01

How to Cite

Sanakulova B. R., & Jamolov M.M. (2025). DAVLAT QARZINING IQTISODIY OʻSISHGA TAʼSIRI: PANEL MAʼLUMOTLAR TAHLILI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 3(11). https://doi.org/10.5281/zenodo.17685749
Loading...