RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI VA MEXANIZMLARI

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI VA MEXANIZMLARI

Authors

  • Asror Suyunov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17753236

Keywords:

Raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya xizmatlari, samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalar, “Oʻzbektelekom” AK, NB-IoT, rivojlanish tendensiyalari, boshqaruv mexanizmlari

Abstract

Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida telekommunikatsiya xizmatlari bozorini
rivojlantirish tendensiyalari va mexanizmlarini tadqiq qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda jahonda raqamli platformalar va
sunʼiy intellektning oʻrni tobora ortib borayotgan bir paytda, telekommunikatsiya sohasida xizmat koʻrsatish samaradorligini
oshirishning dolzarbligi asoslab berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – telekommunikatsiya sohasidagi korxonalarning
xizmat koʻrsatish faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida
raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat koʻrsatishning ilmiy asoslari, telekommunikatsiya sohasiga taʼsir etuvchi omillar
klassifikatsiyasi, Oʻzbekistonda telekommunikatsiya sohasining rivojlanishidagi meʼyoriy-huquqiy asoslar hamda xalqaro
tendensiyalar tahlil qilingan. Xususan, "Oʻzbektelekom" AK misolida filiallar tarmogʻini boshqarish samaradorligini oshirish,
xizmatlarni sotishni takomillashtirish, NB-IoT texnologiyalarini qoʻllash va kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini istiqbolli
yoʻnalishlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga
mos keladi va respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq keladi. Tadqiqot usullari
sifatida analiz va sintez, tizimli tahlil, taqqoslash, iqtisodiy-statistik tahlil, korrelyatsion-regression tahlil, statistik guruhlash,
tanlanma kuzatish, prognozlash kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati hamda
natijalarining ishonchliligi bayon etilgan.

Author Biography

Asror Suyunov

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, PhD

References

1. World Bank. “Digital Economy for Development”, World Bank Report, 2021.

2. ITU (International Telecommunication Union). “Measuring Digital Development: Facts and Figures 2022”.

3. OECD. “Digital Economy Outlook”, OECD Publishing, 2022.

4. GCI (Global cybersecurity index) yillik xisobotlar to‘plami, 2024.

5. GCI (Global cybersecurity index) yillik xisobotlar to‘plami, 2025.

6. ITU (International Telecommunication Union). Academy reports through the whole 2024.

Downloads

Published

2025-11-01
Loading...