LIZING OLUVCHI KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA YURITILISHI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18268112Keywords:
lizing, IFRS 16, buxgalteriya hisobi, lizing oluvchi, foydalanish huquqi aktivi, lizing majburiyati, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, balans, amortizatsiya.Abstract
Ushbu maqolada lizing oluvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari,
xususan IFRS 16 “Ijara” standarti asosida yuritish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilingan. Global
iqtisodiy muhit sharoitida moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va taqqoslanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etib,
lizing operatsiyalarining balansda to‘g‘ri aks ettirilishi korxonaning real moliyaviy holatini xolis baholash imkonini beradi.
Maqolada IFRS 16 ning avvalgi IAS 17 standartidan tub farqlari ochib berilib, lizing oluvchilar uchun yagona hisob modeli
joriy etilishining afzalliklari asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida nazariy va qiyosiy tahlil, normativ-huquqiy hujjatlarni
o‘rganish hamda amaliy misollar metodlaridan foydalanilgan. Lizing shartnomalarini hisobga olish jarayoni sakkiz
bosqichda yoritilib, har bir bosqichning mazmuni va buxgalteriya hisobidagi ahamiyati tizimli ravishda ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, lizing operatsiyalarining schyotlar rejasida aks ettirilishi jadval asosida bayon etilgan. Tadqiqot natijalari
IFRS 16 ga muvofiq foydalanish huquqi aktivi va lizing majburiyatlarini balansda tan olish moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligini oshirishini, balansdan tashqari majburiyatlarni qisqartirishini hamda investorlar va foydalanuvchilar uchun
axborot sifatini yaxshilashini tasdiqlaydi. Xulosa qismida milliy buxgalteriya tizimini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish,
hisob siyosatini takomillashtirish va lizing hisobini avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing to‘g‘risida” gi Qonuni. https://test.lex.uz/en/
docs/-85259?ONDATE=21.04.2021
2. Yusupova, M. B. Lease Accounting Transformation under IFRS 16. – 2025-yil, № 4.
3. Korotkix, E. A. Sovershenstvovaniye sistemy buxgalterskogo ucheta lizingovyx operatsiy // Ekonomika i sotsium. –
2014. – № 1(10).
4. IFRS 16 – Leases. https://nrm.uz/contentf?doc=580091_(ifrs)_16_arenda&products=1_vse_zakonodatelstvo_
uzbekistana
5. International Accounting Standards Board (IASB). IFRS 16 Leases: Basis for Conclusions. London: IFRS Foundation,
2016.
6. Deloitte. IFRS in Focus: IFRS 16 Leases (Overview and Key Changes). Deloitte IAS Plus, 2016.
7. KPMG. Leases: IFRS 16 – A Closer Look. KPMG International, 2016.
8. PwC. In Depth: IFRS 16 – Leases. PricewaterhouseCoopers, 2016.
9. Ernst & Young (EY). Applying IFRS: A closer look at IFRS 16 Leases. EY Global, 2016.
10. Grant Thornton. IFRS 16 Leases: Guide to the Standard. Grant Thornton International, 2016.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.