SANOAT KORXONALARIDA “YASHIL” TRANSFORMATSIYA JARAYONINING XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19204622Keywords:
“yashil” transformatsiya, “yashil” iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik siyosat, qayta tiklanuvchi energiya, dekarbonizatsiya, resurs samaradorligi, ekologik innovatsiyalar, “yashil” moliya, institutsional mexanizmlar, ESG, atrofmuhit muhofazasiAbstract
Mazkur maqolada “yashil” transformatsiyani amalga oshirishning nazariy, institutsional va amaliy jihatlari
kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda global ekologik muammolar, xususan, iqlim o‘zgarishi, resurslar tanqisligi va atrofmuhit
degradatsiyasi sharoitida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda “yashil” iqtisodiyot modelining ahamiyati asoslab
berilgan. O‘zbekiston misolida davlat siyosati va strategik dasturlar, jumladan, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot
strategiyasi hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilindi.
Shuningdek, maqolada “yashil” transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlari — qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
rivojlantirish, sanoatni ekologik modernizatsiya qilish, resurs samaradorligini oshirish, chiqindilarni boshqarish va “yashil”
moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “yashil” transformatsiya
iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish hamda uzoq muddatli barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil hisoblanadi.
Maqolada aniqlangan muammolar, jumladan, moliyaviy resurslar cheklanganligi, texnologik qaramlik, institutsional
muhitning yetarli darajada rivojlanmaganligi va ekologik madaniyat darajasining pastligi tahlil qilinib, ularni bartaraf etish
bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. — https://lex.uz/docs/-5841063
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida
ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmoni. — https://lex.uz/docs/-8050787
3. Porter, M.E., van der Linde, C. (1995). Toward a New Conception of the Environment–Competitiveness Relationship.
Journal of Economic Perspectives, 9(4).
4. Rennings, K. (2000). Redefining Innovation—Eco-Innovation Research and the Contribution from Ecological
Economics. Ecological Economics, 32(2).
5. Horbach, J., Rammer, C., Rennings, K. (2012). Determinants of Eco-Innovations by European Firms. Environmental
and Resource Economics, 52.
6. Ibragimov, M.T., Abdurakhmanov, Q.S. (2019). “Yashil” iqtisodiyot sharoitida sanoat tarmoqlarining innovatsion
rivojlanishi. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar.
7. Karimova, D.R. (2021). Barqaror rivojlanish sharoitida sanoat innovatsion faoliyatining ekologik yo‘nalishlari. Iqtisodiyot
va innovatsion texnologiyalar.
8. Qin, Y., Li, J. (2023). Research on Sustainable Development of China’s Green Enterprise Economy. American Journal
of Economics and Business Innovation, 2(2), 86–92.
9. Jahon mamlakatlarida CO₂ emissiyasi hajmining o‘zgarishi. — https://www.worldometers.info/co2-emissions/co2-
emissions-per-capita/
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.