O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNING XARAJAT-FOYDA TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20749684Ключевые слова:
sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, DMED platformasi, xarajat-foyda tahlili, konsolidatsiya, interoperabellik, raqamli salomatlik, investitsiya samaradorligi, axborot tizimlariАннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning
iqtisodiy samaradorligi xarajat-foyda tahlili asosida ilmiy jihatdan baholangan. Tadqiqotda Sog‘liqni saqlash
vazirligining 2021–2026-yillardagi moliyalashtirish ma’lumotlari, axborot tizimlari auditi natijalari hamda
raqamlashtirish jarayoniga oid ma’muriy hujjatlar asosiy axborot manbasi sifatida foydalanilgan. Tahlil natijalari
sog‘liqni saqlash tizimida mavjud axborot resurslarini yagona DMED platformasi doirasida konsolidatsiya
qilish iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omil bo‘layotganini ko‘rsatadi. Xususan, platformani ichki
resurslar hisobidan ishlab chiqish orqali qariyb 58 mlrd so‘mlik ekvivalent xarajatlarning oldi olingani, alohida
axborot tizimlari funksiyalarini yagona platformaga integratsiya qilish natijasida ishlab chiqish, litsenziyalash
va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyati yaratilgani asoslab berilgan. Shuningdek,
laboratoriya xizmatlari samaradorligining ortishi, hujjat aylanishi jarayonlarining soddalashuvi, takroriy tibbiy
tekshiruvlarning kamayishi hamda tibbiyot xodimlarini qo‘shimcha xarajatlarsiz o‘qitish imkoniyatlari raqamli
transformatsiyaning muhim operatsion afzalliklari sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash
tizimini raqamlashtirishda iqtisodiy samara faqat investitsiyalar hajmiga emas, balki ularni konsolidatsiya,
interoperabellik va resurslardan oqilona foydalanish tamoyillari asosida tashkil etishga ham bog‘liqligini
ko‘rsatadi. Olingan ilmiy xulosalar sog‘liqni saqlash tizimida raqamli transformatsiyani strategik rejalashtirish,
investitsiyalar samaradorligini baholash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi
Библиографические ссылки
1. R. Hillestad, J. Bigelow, A. Bower, et al. 2005. Can electronic medical record systems transform health
care? Potential health benefits, savings, and costs. Health Affairs 24, 5 (2005), 1103–1117.
2. J. Walker, E. Pan, D. Johnston, et al. 2005. The value of health care information exchange and
interoperability. Health Affairs 24, Suppl. 1 (2005).
3. Michael F. Drummond, Mark J. Sculpher, Karl Claxton, George L. Stoddart, and Greg W. Torrance. 2015.
Methods for the Economic Evaluation of Health Care Programmes (4th ed.). Oxford University Press, Oxford,
United Kingdom.
4. World Health Organization. 2021. Global Strategy on Digital Health 2020–2025. World Health
Organization, Geneva, Switzerland.
5. OECD. 2015. Health Data Governance: Privacy, Monitoring and Research. OECD Health Policy Studies.
OECD Publishing, Paris, France.
6. World Bank. 2023. Digital-in-Health: Unlocking the Value for Everyone. World Bank, Washington, DC,
USA.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. 2023. Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish
hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (PQ-415-son
qaror, 28 dekabr 2023-yil). Retrieved from https://lex.uz/docs/6719038
8. KfW Development Bank. 2023. Improving health through digital reforms: Digitalisation of the Uzbek
health sector—KfW signs agreement for EUR 50.5 million. Press Release. KfW Development Bank, Frankfurt,
Germany.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. 2026. Axborot tizimlari auditining dastlabki
materiallari; 2021–2026-yillar moliyalashtirish ma’lumotlari; raqamlashtirish yo‘l xaritasi. Tashkent, Uzbekistan.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 ЗЕЛЁНАЯ ЭКОНОМИКА И РАЗВИТИЕ

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.