YOSHLAR TADBIRKORLIGI: TUSHUNCHAVIY MOHIYATI VA BOSHQARUVINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21166908Ключевые слова:
yoshlar tadbirkorligi, startap, tadbirkorlik faoliyati, boshqaruv, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, davlat qo‘llab-quvvatlashi, imtiyozli kreditlash, innovatsion faollik.Аннотация
Maqolaning maqsadi yoshlar tadbirkorligining tushunchaviy mohiyatini zamonaviy ilmiy
qarashlar asosida tahlil qilish, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ushbu yo‘nalishni
boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va samarali mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
Tadqiqotda qiyosiy tahlil, mantiqiy umumlashtirish va tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan. Xorijiy, MDH
va milliy olimlarning qarashlari tahlili asosida yoshlar tadbirkorligining tushunchaviy mohiyati ochib berilgan va
uni an’anaviy tadbirkorlikdan ajratib turuvchi xususiyatlar — cheklangan kapital, yuqori innovatsion va raqamli
faollik, tavakkalchilikka moyillik tizimlashtirilgan. Ushbu faoliyatni boshqarishning ko‘p subyektli (davlat–
biznes–yoshlar) tabiati va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ko‘rsatib berilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida
O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash holati tahlil qilinib, takomillashtirishni talab etuvchi
jihatlar aniqlangan. Ilmiy yondashuvda yoshlar tadbirkorligi faqat yosh omili bilan cheklanadigan tushuncha
sifatida emas, balki alohida innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari
asosida institutsional qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kreditlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan
takliflar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
1. Cantillon R. Essai sur la nature du commerce en général. – London, 1755.
2. Schumpeter J.A. The Theory of Economic Development. – Cambridge: Harvard University Press, 1934. –
255 p.
3. Drucker P.F. Innovation and Entrepreneurship: Practice and Principles. – New York: Harper & Row, 1985.
4. Busigin A.V. Predprinimatelstvo: Uchebnik. – M.: Delo, 2000.
5. Vixanskiy O.S. Strategicheskoye upravleniye: Uchebnik. – M.: Gardarika, 1998.
6. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: darslik. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”, 2019.
7. O‘lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi: darslik. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”, 2014.
8. Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi: darslik. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”, 2010.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son “O‘zbekiston — 2030”
strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-6811936
10. Prezident yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti,
2025-yil 14-fevral.
11. Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi. – O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti, 2026-yil 24-fevral.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 ЗЕЛЁНАЯ ЭКОНОМИКА И РАЗВИТИЕ

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.