Qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15153045Ключевые слова:
maktabgacha ta’lim, moliyalashtirish samaradorligi, qamrov darajasi, budjet mablag‘lari, davlat-xususiy sheriklik, xususiy ta’lim muassasalari, iqtisodiy tahlil, ta’lim investitsiyalari.Аннотация
Maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojlanishini ta’minlashda muhim
o‘rin tutadi. Ayniqsa, qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining samarali faoliyat
yuritishi ijtimoiy barqarorlik va barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Shu bois, mazkur tadqiqotda qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish
tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va
tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, moliyaviy resurslarni hududiy ehtiyojlardan kelib chiqib qayta taqsimlash,
innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish hamda maktabgacha ta’limga
investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish orqali qamrov darajasi
past bo‘lgan hududlarda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, ta’lim xizmatlarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash mumkin.
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.