O‘ZBEKISTONDA YASHIRIN IQTISODIYOTNING ISHSIZLIK DARAJASIGA TA’SIRINING EKONOMETRIK TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17515700Ключевые слова:
yashirin iqtisodiyot, ishsizlik, ARDL modeli, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, soliq yuki, O‘zbekiston iqtisodiyotiАннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning ishsizlik darajasiga ta’siri ARDL (AutoRegressive
Distributed Lag) modeli yordamida empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda 2010–2023-yillar davriga oid ma’lumotlardan
foydalanilib, yashirin iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, soliq yuki, iqtisodiy ochiqlik, asosiy kapitalga investitsiyalar
va davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kabilarning ishsizlikka ta’siri o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yashirin
iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi 1 foiz punktga oshganda, ishsizlar soni o‘rtacha 30,5 ming kishiga ortadi, ya’ni yashirin
iqtisodiyot ishsizlikni sezilarli darajada kuchaytiradi. Aksincha, YaIM o‘sishi, iqtisodiy ochiqlik va asosiy kapitalga
investitsiyalar ishsizlikni kamaytiruvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Inflyatsiya, soliq yuki va davlat ishtirokining
ortishi esa ishsizlikni oshiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston uchun yashirin iqtisodiyotni qisqartirish,
soliq yukini optimallashtirish, rasmiy bandlikni rag‘batlantirish va mehnat bozorini institutsional jihatdan mustahkamlash
zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ARDL modeli natijalari qisqa muddatda iqtisodiy moslashuv jarayonlari mavjudligini,
ammo uzoq muddatda yashirin iqtisodiyotning mehnat bozori barqarorligiga salbiy ta’sir etishini tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqot
O‘zbekistonda ishsizlikni kamaytirish va rasmiy sektorni kengaytirish bo‘yicha iqtisodiy siyosatga amaliy tavsiyalar beradi
Библиографические ссылки
1. Sh.Sh. Shodmonov, U.V. G‘ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. — T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010. — 728 b.
2. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. — T.: IQTISODIYOT, 2018. — 628 b.
3. V.I. Vidyapin, A.I. Dobrinin, G.P. Juravlev, L.S. Tarasevich. Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik. — Izd., ispr. i dop. /
Pod obsh. red. akad. — M.: INFRA-M, 2005. — 502–503-betlar.
4. Pfeiffer, F., & Reize, F. (2000). Business Start-ups by the Unemployed: An Econometric Analysis Based on Firm Data.
Labour Economics, 7(5), 629–663.
5. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO). (2017). Ishchi kuchi hajmini aniqlash va bashoratlash: 1990–2030. Metodologik izoh.
6. Evans, D.S., & Leighton, L. (1990). Small Business Formation by Unemployed and Employed Workers. Small Business
Economics, 2(4), 319–330.
7. Yoqubov I.O., Islomov A.A., Sunnatov M.N. Mintaqaviy iqtisodiyot. Darslik. — T.: 2019. — 228 b.
8. Christian Bredemeier, Falko Juessen, Roland Winkler. (2017). Germany. Institute of Labor Economics.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.