AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKT: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA JORIY ETISH IMKONIYATLARI VA XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH MASALALARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19239240Ключевые слова:
sun’iy intellekt, ijtimoiy himoya, O‘zbekiston, manzillilik, prediktiv tahlil, raqamlashtirish, welfare mix, xizmatlarni shaxsga moslashtirish.Аннотация
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga sun’iy intellektni joriy etishning
institutsional imkoniyatlari, amaliy salohiyati va tizimli cheklovlari tahlil qilinadi. Tadqiqot xalqaro tajriba, qiyosiy institutsional
yondashuv hamda “ijtimoiy ne’matlarni aralash ishlab chiqarish” nazariyasi asosida olib borilgan. Sun’iy intellekt ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashning manzilliligini oshirish, zaif xonadonlarni erta aniqlash, xizmatlarni shaxsga moslashtirish va
idoralararo ma’lumotlar boshqaruvini takomillashtirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, algoritmlashtirish
bilan bog‘liq ma’lumotlar sifati, institutsional nomuvofiqlik, diskriminatsion xatolar, shaffoflik va hisobdorlikka oid xatarlar
ham yoritiladi. Maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy himoya islohotlari sharoitida sun’iy intellektni bosqichma-bosqich,
ehtiyotkor va inson markazidagi tamoyillar asosida joriy etish modeli taklif etiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi welfare mix
nazariyasi, xalqaro raqamlashtirish amaliyoti va milliy ijtimoiy siyosat vazifalarini o‘tish iqtisodiyoti sharoitiga mos yagona
tahliliy doirada birlashtirishdan iborat.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022–07–25 dagi PF–175-son Farmoni. https://www.lex.uz/uz/docs/-6130265
2. Fang, L., & Li, B. (2025). The Entrepreneurial Welfare Mix: The Case of Community-Based Old Age Services in China.
Social Policy and Society, 24, 373–382.
3. Simangunsong, H. (2023). The Impact of Economic Conditions on Social Assistance Programs and Poverty Alleviation.
Law and Economics, 17(2), 73–91.
4. Agustanta, N., Anggalini, T. D., Septiningrum, L., & Dewanti, P. (2024). Assessing the Effectiveness of Social Assistance
Programs to Alleviating Poverty in Indonesia. KnE Social Sciences, 511–521.
5. Eubanks, V. (2018). Automating Inequality: How High-Tech Tools Profile, Police, and Punish the Poor. New York: St.
Martin’s Press.
6. Hemerijck, A. (2012). Changing Welfare States. Oxford: Oxford University Press.
7. McKinsey Global Institute. (2023). The Economic Potential of Generative AI: The Next Productivity Frontier. McKinsey
& Company.
8. OECD. (2020). Efficiency and Effectiveness in Social Protection Systems: A Review of Evidence. Paris: OECD
Publishing.
9. Pestoff, V. A. (1992). Third Sector and Co-operative Services — An Alternative to Privatization. Journal of Consumer
Policy, 15(1), 21–45.
10. Salamon, L. M. (1987). Of Market Failure, Voluntary Failure, and Third-Party Government. Journal of Voluntary Action
Research, 16(1–2), 29–49.
11. World Bank. (2022). The State of Social Safety Nets 2022. Washington, D.C.: World Bank Group.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 ЗЕЛЁНАЯ ЭКОНОМИКА И РАЗВИТИЕ

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.