Davlat va xususiy sektor hamkorligida oliy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19487122Ключевые слова:
davlat-xususiy sheriklik, oliy ta’lim infratuzilmasi, DXSh loyihalari, ta’limga investitsiyalar, talabalar yotoqxonasi, infratuzilmani rivojlantirish, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiАннотация
Mazkur tadqiqotda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarining oliy ta’lim infratuzilmasini
rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ta’lim sohasida DXShni qo‘llashning nazariy
asoslari hamda xalqaro tajribalar o‘rganilib, O‘zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Xususan, AQSh va Xitoy
tajribasi asosida oliy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishda xususiy sektorni jalb etishning samarali mexanizmlari ko‘rib
chiqilgan. Tadqiqotda qiyosiy, statistik va normativ-huquqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki,
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan DXSh loyihalari oliy ta’lim muassasalari infratuzilmasini kengaytirish va
modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 2020–2024-yillar davomida 57 ta loyiha doirasida 29
mingdan ortiq talabaga mo‘ljallangan yotoqxona o‘rinlari yaratildi. Shu bilan birga, mamlakatda DXSh loyihalari asosan
ijtimoiy infratuzilma obyektlariga yo‘naltirilgani, ilmiy-tadqiqot markazlari va innovatsion infratuzilmani rivojlantirishda
esa bu mexanizmlardan foydalanish hali yetarli darajada keng emasligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, DXSh
loyihalarining samaradorligini oshirish uchun loyiha tanlash mezonlarini takomillashtirish, moliyaviy risklarni boshqarish
tizimini kuchaytirish hamda institutsional mexanizmlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Библиографические ссылки
1. Dwight, Lawrence. 2025. “Republic of Uzbekistan and Public-Private Partnerships: Country Lessons.” IMF Selected
Issues Paper (SIP/2025/087), International Monetary Fund. Washington, DC.
2. president.uz
3. Junhao Ma, Xiangjun Li. Performance Evaluation of Education Infrastructure Public–Private Partnership Projects in the
Operation Stage Based on Limited Cloud Model and Combination Weighting Method. Buildings 2025, 15(11), 1833;
https://doi.org/10.3390/buildings15111833
4. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 10.05.2019 yildagi O‘RQ-537-son lex.uz
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.08.2021 yildagi 509-son
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.08.2024 yildagi PQ-308-son
7. Public-private partnerships to bridge gaps in education continuity in times of crises: the Ukraine case study
UNESCO2025
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 ЗЕЛЁНАЯ ЭКОНОМИКА И РАЗВИТИЕ

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.