Kichik biznes korxonalari uchun eksport salohiyatini oshirish yo‘llari va strategiyalar
##semicolon##
https://doi.org/10.5281/zenodo.15397598##semicolon##
kichik biznes, eksport salohiyati, strategiyalar, innovatsion texnologiyalar, raqamli marketing, davlat qo‘llabquvvatlashi, xalqaro bozor##article.abstract##
Kichik biznes korxonalari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi, ularning innovatsion
imkoniyatlari va jahon bozorida raqobatbardoshlik salohiyati o‘ta yuqori. Biroq, eksport sohasida ko‘plab kichik korxonalar
hali ham o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga sola olmayapti. Ushbu tadqiqotda kichik biznes korxonalarida eksport salohiyatini
oshirishning asosiy yo‘llari va samarali strategiyalari o‘rganiladi. Tadqiqotda eksportga kirishda kichik biznes oldidagi
asosiy to‘siqlar, xususan, marketing, moliyaviy resurslarning yetishmasligi, logistika va huquqiy cheklovlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida kichik biznes korxonalari uchun eksportni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar va
raqamli vositalar (onlayn savdo platformalari, eksport logistikasi uchun ilg‘or tizimlar)dan qanday foydalanish mumkinligi
ko‘rib chiqiladi. Tahlil qilingan asosiy strategiyalar qatoriga xalqaro bozorni tahlil qilish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot
diversifikatsiyasi, raqamli marketing va brendni rivojlantirish, davlat tomonidan beriladigan qo‘llab-quvvatlash vositalaridan
foydalanish kiradi.
Tadqiqotning maqsadi – kichik biznes korxonalarining eksport salohiyatini oshirish uchun samarali strategiyalar va amaliy
tavsiyalar bilan ta’minlashdir. Ushbu tavsiyalar orqali kichik bizneslar xalqaro bozorga kirishda muvaffaqiyatli bo‘lishlari,
yangi bozorlarni egallashlari va o‘z mahsulotlarini global miqyosda tanitishlari mumkin. Tadqiqot O‘zbekiston kabi
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa muhim, chunki kichik biznesni rivojlantirish eksport salohiyatining oshishiga
bevosita ta’sir qiladi va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi.
##submission.citations##
Kambarova, Sh. M. (2019). Kichik biznesning eksport salohiyatini oshirishda jahon tajribasi. Toshkent: Toshkent davlat
sharqshunoslik universiteti.
K.Y.Mo‘minova. “Farg‘ona viloyatining ijtimoi-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari”. Yoshlar va ilm-fan-2023.
Abduqahhorov, A. (2020). Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish. Toshkent: Iqtisodiyot va
biznes nashr.
Turaev, M. T. (2021). Tashqi savdo va kichik biznes: amaliy va nazariy yondashuvlar. Samarqand: Samarqand
iqtisodiyot va biznes instituti.
Baron, G., & Thiel, D. (2017). Small Business Internationalization and Exporting: A Global Perspective. New York:
Routledge.
OECD (Organization for Economic Co-operation and Development). (2018). Small and Medium-sized Enterprises
(SMEs) and their Role in the Global Economy. OECD Publishing.
K.Y. Mo‘minova. Kichik biznesni rivojlantirish yo‘llari. “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim omili” nomli ilmiy-amaliy konfrensiya – 2024
##submission.downloads##
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
##submission.license##
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by4.footer##