Xususiy oliy ta’lim tashkilotlarini soliqqa tortish masalalari

Xususiy oliy ta’lim tashkilotlarini soliqqa tortish masalalari

##article.authors##

  • Nodira Yakubova

##semicolon##

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734861

##semicolon##

Nodavlat ta'lim xizmatlari, soliq, imtiyoz, tashkiliy-huquqiy shakl, davlat-xususiy sherikchilik, raqobat, foyda, muassasa.Keywords: Non-state educational services, tax, benefit, organizational-legal form, public-private partnership, competition, profit, institution

##article.abstract##

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar Oʻzbekistonning jahonda hech kimdan kam
boʻlmaydigan taraqqiyoti yoʻlidagi ulugʻvor maqsadlarga qaratilgan. Yoshlarimizni ta'lim tarbiyasiga qaratilayotgan alohida
e'tiborni mutlaqo yangicha mazmun va shaklda tashkil etilayotgan Prezident maktablari, Ijod maktabi, davlat-xususiy
sheriklar asosidagi ta'lim tashkilotlari, va nihoyat, nodavlat ta'lim tashkilotlarini tashkil etish va faoliyat koʻrsatishi yoʻlida
amalga oshirilayotgan islohotlardan ham kuzatishimiz mumkin.
Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat maktabgacha va umumiy oʻrta maktab
ta'limiga, balki oliy ta'lim tizimida ham sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish imkonini beradigan xususiy oliy ta'lim
muassasalari va rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli oliy oʻquv yurtlarining filiallarini ochish va ular bilan qoʻshma ta'lim
dasturlarini tashkil etish yoʻnalishlarida ham namoyon boʻlmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohaga oid faoliyat turlari, xususan, nodavlat ta'lim xizmatlarini koʻrsatish
faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar, ularning yuridik shaxs sifatida soliqqa oid
munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish, amaldagi soliq imtiyozlari va ularning nisbiy tasniflanishi, imtiyozlardan foydalanish
shartlari va tartiblari, imtiyozlarni buxgalteriya hisobidan aks etitirish tartibi va mazkur sohaga oid amaldagi me'yoriyhuquqiy
xujjatlar toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, fikrimizcha hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri
boʻlib turibdi. Taqdim etilayotgan imtiyozlardan ayrimlari muddat jihatidan, ayrimlari faoliyat turiga nisbatan oʻziga xos
xususiyatlarga ega. Bu jarayonda soliq imtiyozlaridan toʻgʻri foydalanish, ularni buxgalteriya hisobidan toʻgʻri aks ettirish
muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.

##submission.authorBiography##

Nodira Yakubova


“Moliyaviy hisob va hisoboti” kafedrasi tayanch doktaranti

##submission.citations##

Ўзбекистон Рсепубликаси Солиқ кодекси.

Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон Қонуни.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 15 сентябрдаги “Нодавлат таълим хизматлари кўрсатиш

фаолиятини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-3276-сонли қарори.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 сентябрдаги “Халқ таълими тизимига бошқарувнинг янги

тамойилларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-3931-сонли қарори.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 24 августдаги “Иқтисодий фаолият турларини

таснифлашнинг халқаро тизимига ўтиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 275-сон қарори.

Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси ҳамда Ўзбекистон Республикаси Меҳнат вазирлигининг

01.2017 йилдаги 1-мб, 3-қ/к-сонли қўшма қарори билан тасдиқланган “Тадбиркорлик субъектлари

ходимларининг ўртача йиллик сонини аниқлаш тартиби тўғрисидаги НИЗОМ” (ЎзР АВда 17.02.2017 й., 2858-

рақам).

Гатаулин Ш. Солиқлар ва солиққа тортиш. Т.: 1996 й.

Маликов Т.С, Солиқлар ва солиққа тортишнинг долзарб масалалари. Монография. –Т.: Академия, 2002. -204 б.

Олимжонов О. Бозор иқтисодиётига ўтиш даврида солиқ сиёсати. Ҳаёт ва иқтисод, 1992 й.

www.lex.uz

www.soliq.uz

##submission.downloads##

##submissions.published##

2025-02-07
Loading...