Smart-logistika texnologiyalarini joriy etish orqali oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish tizimini optimallashtirish (Toshkent viloyati misolida).

Smart-logistika texnologiyalarini joriy etish orqali oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish tizimini optimallashtirish (Toshkent viloyati misolida).

##article.authors##

  • Sobirjon Mavlanov

##semicolon##

https://doi.org/10.5281/zenodo.16750123

##semicolon##

aqlli logistika, oziq-ovqat ta’minoti zanjiri, IoT, AI, Toshkent viloyati, raqamlashtirish, samaradorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, blokcheyn, transport optimallashtirish

##article.abstract##

Ushbu maqolada Toshkent viloyati misolida oziq-ovqat ta’minoti zanjirini optimallashtirishda aqlli logistika
texnologiyalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Global oziq-ovqat xavfsizligi va
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda logistika tizimining roli tobora ortib borayotgan bir vaqtda, an’anaviy logistika modellari
samaradorlik, chiqindilarni kamaytirish va tezkor yetkazib berish talablariga javob bera olmayapti. Tadqiqotda sun’iy
intellekt (AI), Internet of Things (IoT), katta ma’lumotlar (Big Data), RFID texnologiyalari va blokcheyn asosidagi aqlli
logistika yechimlari tahlil qilinib, ularning real vaqtda kuzatuv, prognozlash va resurslarni optimallashtirishdagi afzalliklari
ko‘rsatib o‘tilgan.
Smart logistika texnologiyalari yordamida mahsulot isrofi 11 foizga kamayishi, yetkazib berish vaqti 44 foizga qisqarishi,
yoqilg‘i xarajatlari esa 20 foizga tejalishi mumkinligi prognoz qilingan. Bundan tashqari, logistika jarayonlarida xavfsizlik,
barqarorlik va ekologik ta’sirni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Tadqiqot sifatli va miqdoriy tahlil metodlariga asoslangan bo‘lib, ekspert suhbatlari, real loyihalar tahlili va xalqaro
amaliyotlar bilan boyitilgan. Yakuniy natijalar Toshkent viloyatida oziq-ovqat logistikasini raqamlashtirish orqali umumiy
iqtisodiy samaradorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat
qiladigan amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

##submission.authorBiography##

Sobirjon Mavlanov


Kadrlar malakasini oshirish va statistik
tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi
Katta o‘qituvchi


##submission.citations##

1. Normatov I.S. (2021). Raqamli iqtisodiyot sharoitida logistika xizmatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. –

Toshkent: Iqtisodiyot va ta’lim, №4, 56–62-betlar.

2. Simchi-Levi D., Kaminsky P., Simchi-Levi E. (2021). Designing and Managing the Supply Chain: Concepts, Strategies

and Case Studies. – New York: McGraw-Hill Education.

3. Vaydullayev N.A. (2023). Raqamli transformatsiya sharoitida transport-logistika infratuzilmasining samaradorligini

baholash. – “Iqtisodiyot va innovatsiyalar” jurnali, №2(37), 41–48-betlar.

4. Chopra S., Meindl P. (2022). Supply Chain Management: Strategy, Planning, and Operation. – Pearson Education, 7th

edition.

5. Xoliqov Sh. (2020). Oziq-ovqat xavfsizligi va ta’minot zanjiri samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining roli.

– “Agrar fanlar” jurnali, №3, 17–22-betlar.

6. World Bank Report (2023). Digital Logistics and Smart Supply Chains in Developing Countries. – https://www.

worldbank.org

##submission.downloads##

##submissions.published##

2025-08-01
Loading...