O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MONETAR SIYOSATNING TRANSMISSIYA MEXANIZMLARI SAMARADORLIGI
##semicolon##
https://doi.org/10.5281/zenodo.17725460##semicolon##
monetar siyosat, transmissiya mexanizmi, foiz stavkasi kanali, kredit kanali, valyuta kursi, inflyatsion targetlash, Markaziy bank##article.abstract##
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida monetar siyosat transmissiya mexanizmlarining samaradorligi
2020–2024-yillar dinamikasi misolida tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida foiz stavkalari, kredit, valyuta kursi va kutilmalar
kanallari bo‘yicha Markaziy bank qarorlarining real sektor hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri empirik
ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, foiz stavkalari kanali iqtisodiyotga nisbatan sekin uzatilmoqda,
tijorat banklarining foiz siyosati esa asosiy stavkadagi o‘zgarishlarga cheklangan darajada javob bermoqda. Kredit kanali
iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lsa-da, banklar tizimidagi davlat ulushining yuqoriligi sababli bozor
mexanizmlarining to‘liq ishlashi cheklangan. Valyuta kursi kanali eng faol transmissiya yo‘nalishlaridan biri sifatida tashqi
savdo jarayonlari va narxlar barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Kutilmalar kanali esa kommunikatsion siyosatning
kuchayishi natijasida faollashib, inflyatsion kutishlarning barqarorlashuviga yordam bermoqda. Umuman olganda,
O‘zbekistonda monetar transmissiya mexanizmlari izchil shakllanib bormoqda hamda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish
uchun zarur institutsional sharoitlar yaratilmoqda
##submission.citations##
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni (2017). Valyuta siyosatini liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
PF–5177-son, 2-sentabr. https://lex.uz/docs/-3326421
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori (2020). 2021–2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi pul–kredit siyosatini
rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida. PQ–4886-son, 12-noyabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2020). O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida. O‘RQ–637-son,
11-noyabr.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (2023). Pul–kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari – 2024. Toshkent: CBU.
5. Vahobov, A. (2018). Pul–kredit siyosatining milliy iqtisodiyotga ta’siri. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi jurnali, 4(2),
45–56.
6. Zoyirov, Sh. (2020). Banklararo likvidlik bozori va foiz siyosatining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri. Iqtisodiy tadqiqotlar,
3(1), 22–34.
7. Saidova, N. (2021). Inflyatsion targetlash sharoitida fiskal va monetar siyosat uyg‘unligi. Moliyaviy barqarorlik jurnali,
5(3), 12–27.
##submission.downloads##
##submissions.published##
##submission.howToCite##
##issue.issue##
##section.section##
##submission.license##
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by4.footer##