SUG‘URTA TASHKILOTLARI DAROMADLARI VA ULARNING SOLIQQA TORTISH MEXANIZMI
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19681075##article.subject##:
sug‘urta tashkiloti, sug‘urta mukofoti, sug‘urta to‘lovi, zarar koeffitsienti, kombinatsiyalangan koeffitsient, investitsiya daromadi, moliyaviy salohiyat, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), foyda solig‘i, soliq hisoboti.##article.abstract##
Maqolada sug‘urta tashkilotlarining daromad va xarajatlari shakllanishining nazariy hamda amaliy jihatlari
tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi sug‘urta bozorining moliyaviy salohiyat, jamg‘arish hamda
investitsion vositachilik funksiyalari kuchayib borayotgani bilan izohlanadi. Ishda sug‘urta tashkilotlari daromadlarining
asosiy manbalari — sug‘urta mukofotlari, investitsiya daromadlari, qayta sug‘urtalash operatsiyalaridan tushumlar va
boshqa operatsion daromadlar tarkibiy jihatdan baholangan. Xarajatlar tarkibida sug‘urta to‘lovlari, rezerv ajratmalari,
akvizitsion va ma’muriy xarajatlar, qayta sug‘urtalash xarajatlarining ulushi qiyosiy tahlil qilingan.
Shu bilan birga, sug‘urta tashkilotlarida soliqqa tortish tizimi xususiyatlari ham o‘rganilib, sug‘urta xizmatlarining qo‘shilgan
qiymat solig‘idan (QQS) ozod etilishi, asosiy faoliyatdan tashqari operatsiyalarga QQS qo‘llanishi, foyda solig‘i hisoboti
hamda moliyaviy hisobot shakllari tahlil qilindi. Swiss Re Institute, OECD va O‘zbekistonning rasmiy statistik manbalari
asosida global tendensiyalar hamda milliy sug‘urta bozori dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqot yakunida tarif siyosatini aktuariy
asosda takomillashtirish, xarajatlarni raqamlashtirish asosida optimallashtirish, investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish,
sug‘urta rezervlari sifati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda soliq hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar
ishlab chiqildi
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasining 23.11.2021-yildagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-730-sonli Qonuni. https://lex.
uz/docs/5739117
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.08.2019-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish
va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-sonli qarori. https://lex.uz/docs/4459802
3. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining 2025-yil
yakunlari bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlari. URL: https://napp.uz/oz/pages/statistics-and-analysis-for-im
4. Swiss Re Institute. Sigma Report No. 3/2023: World Insurance: Stirring in the Doldrums. Zurich, 2023.
5. OECD. Insurance Statistics 2023. Paris: OECD Publishing, 2023.
6. Harrington S.E., Niehaus G.R. Risk Management and Insurance. 3rd ed. New York: McGraw-Hill Education, 2019.
7. Skipper H.D., Kwon W.J. Risk and Insurance: Perspectives in a Global Economy. Oxford: Blackwell Publishing, 2020.
8. Deloitte. Global Insurance Industry Outlook 2023. Deloitte Center for Financial Services, 2023.
9. Abdullayev A., Nazarov B. O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish muammolari va istiqbollari // O‘zbekiston
iqtisodiy jurnali. 2022. № 3. B. 87–96.
10. Rustamov S. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari // Toshkent
davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy axboroti. 2021. № 1. B. 112–121.
Загрузки
##submissions.published##
Как цитировать
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.