Yashil energetikaning mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14935001##article.subject##:
yashil energetika, mintaqaviy iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh energetikasi, shamol energetikasi, uglerod izini kamaytirish, ekologik barqarorlik, energiya samaradorligi, investitsiyalar, innovatsion texnologiyalar, ish o‘rinlari yaratish, moliyaviy barqarorlik.##article.abstract##
Ushbu maqolada yashil energetikaning mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Qayta
tiklanuvchi energiya manbalarining iqtisodiy barqarorlik, ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va ekologik
muhitni yaxshilashga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida tahlil, statistik va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yashil energetika mintaqaviy rivojlanishning asosiy omillaridan biri bo‘lib, uning samarali joriy
etilishi iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, maqolada yashil energiya sektorining dolzarb muammolari, jumladan, texnologik va moliyaviy to‘siqlar,
huquqiy va institutsional omillar ham tahlil qilinadi. Yashil energetikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlariga alohida e’tibor qaratilib,
aholi farovonligini oshirish, energiya xavfsizligini ta’minlash va uglerod izini kamaytirish bo‘yicha tahlillar keltirilgan. Yashil
energiyaning barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) bilan bog‘liqligi va uning uzoq muddatli iqtisodiy ta’siri yoritiladi.
Yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan bo‘lib, unda davlat siyosati, xususiy sektor ishtiroki va xalqaro
hamkorlikning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2025 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.