O‘ZBEKISTONDA VAZIRLIK VA IDORALARDA ICHKI AUDIT XIZMATLARI FAOLIYATINI BAHOLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19344226##article.subject##:
ichki audit, baholash, samaradorlik, davlat moliyaviy nazorati, xavf tahlili, audit sifati, ichki nazorat, raqamli audit, budjet intizomi, boshqaruv samaradorligi##article.abstract##
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan ichki audit xizmatlari
faoliyatini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslari, amaldagi mezonlari, 2025-yil yakunlari hamda ularning samaradorligini
oshirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibining normativ asoslari,
baholash savolnomasining tuzilishi, yo‘nalishlar bo‘yicha vazn koeffitsiyentlari, 11 ta vazirlik va idora misolida aniqlangan
natijalar hamda tizimli kamchiliklar o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ichki audit xizmatlari sifat darajasiga eng kuchli
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida xavf tahliliga asoslangan yillik rejalashtirish, audit tadbirlarining qonunchilikka muvofiq
o‘tkazilishi, chora-tadbirlar rejasining bajarilishi, ichki hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishi va xodimlar malakasi ajralib turadi.
2025-yilda baholashdan o‘tgan tashkilotlarning 18 foizi “yuqori”, 55 foizi “o‘rta”, 27 foizi esa “past” darajada baholangan.
Maqolada ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida riskga asoslangan auditni
chuqurlashtirish, “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanishni kengaytirish, ichki audit xizmatlarining tashkiliy
mustaqilligini kuchaytirish, ichki hujjatlarni namunaviy nizomga muvofiqlashtirish, masofaviy auditni rivojlantirish va
auditorlar malakasini oshirish bo‘yicha xulosalar bayon etilgan
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6300-sonli Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining
samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–128-
sonli qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 377-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vazirlik
va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Budjet mablag‘lari ustidan moliyaviy nazoratni
kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–100-sonli Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 198-sonli buyrug‘i, ro‘yxat raqami
3583, “Ichki audit xodimlari faoliyati samaradorligini baholash to‘g‘risida”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2022-yil 3-oktabrdagi 52-sonli buyrug‘i, ro‘yxat raqami 3394, “Ichki audit
milliy standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash
bo‘yicha 2025-yil hisobot materiallari.
8. The Institute of Internal Auditors. International Professional Practices Framework (IPPF). Altamonte Springs.
Загрузки
##submissions.published##
Как цитировать
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.