O‘ZBEKISTONDA EKSPORTNI OSHIRISHDA AKT RIVOJLANISHINING O‘RNI

O‘ZBEKISTONDA EKSPORTNI OSHIRISHDA AKT RIVOJLANISHINING O‘RNI

Authors

  • Ulug‘bek Sadriddinov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.19885495

Keywords:

AKT, O‘zbekiston, eksport, raqamli texnologiyalar.

Abstract

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining 14 ta ma’muriy-hududiy birligi bo‘yicha 2010–2024-yillar
oralig‘idagi statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Tadqiqotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasining
eksport hajmiga ta’siri 210 ta kuzatuvdan iborat panel ma’lumotlar asosida empirik jihatdan tahlil qilindi. Asosiy mustaqil
o‘zgaruvchilar sifatida axborot va aloqa xizmatlari hajmi hamda kompyuter va texnik xizmatlar hajmi tanlandi, bog‘liq o‘zgaruvchi
sifatida esa yillik eksport hajmi (AQSh dollarida) olindi.
Ma’lumotlarni tahlil qilishda tasodifiy ta’sir va qat’iy ta’sir modellari, shuningdek, ularning robustlik tekshiruv usullaridan
foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, tanlab olingan AKT ko‘rsatkichlaridan kompyuter va texnik xizmatlar sohasining
rivojlanishi mamlakat hududlarining eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ko‘rsatkich
bilan eksport hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik jihatdan ahamiyatli hamda musbat koeffitsiyentga ega ekani aniqlandi.
Biroq axborot va aloqa xizmatlari ko‘rsatkichi modellashtirish jarayonida ushbu omillar o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiya
sababli multikollinearlik muammosiga duch kelib, manfiy koeffitsiyentni namoyon etdi. Nazorat o‘zgaruvchilari sifatida
kiritilgan savdo ochiqligi va yalpi savdo hajmining eksport hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ham isbotlandi. Olingan natijalar
mamlakatda AKT sohasiga oid siyosatni eksport strategiyasi bilan uzviy uyg‘unlashtirish muhimligini ko‘rsatdi hamda ushbu
yo‘nalish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Author Biography

Ulug‘bek Sadriddinov

ISFT instituti Samarqand filiali,
Xalqaro moliyaviy boshqaruv kafedrasi assistenti.

References

1. Information and Communication Technologies Añón Higón, D., & Bonvin, D. (2022). Information and

communication technologies and firms’ export performance. Industrial and Corporate Change, 31(4), 955–

979.

2. Fahlevi, M., Asdullah, M. A., Raza, F. A., Watto, W. A., Aljuaid, M., & Aziz, A. L. (2024). The influence

of information and communication technology on trade in developing countries and partners. Cogent Business

& Management, 11(1), 2320814.

3. Handoyo, R. D., Ibrahim, K. H., Rismawan, L. B., Haryanto, T., Erlando, A., Sarmidi, T., ... & Sylviana,

W. (2024). Information communication technology and manufacturing industry exports based on technology

intensity in OECD and non-OECD countries. Research in Globalization, 8, 100228.

4. Yuldoshboy, S., Beruniy, A., Javokhir, S., Khodjaniyazov, E., Karimov, M., Saidmamatov, O., & Marty,

P. (2025). Exploring ICT as an engine for sustainable economic growth in Central Asia. Economies, 13(12),

365.

5. Kurmanov, N., Bakirbekova, A., Adiyetova, E., Satbayeva, A., Rakhimbekova, A., & Nabiyeva, M.

(2025). ICTs’ impact on energy consumption and economic growth in the countries of Central Asia: An empirical

analysis. International Journal of Energy Economics and Policy, 15.

6. Sharipov, K., Samariddin, M., Davletova, D., Sadriddin, K., Kuziboev, B., Kuvonchbek, R., & Shakhlo,

J. (2024, December). Assessing the impact of digital trading platforms on high-technology export volumes:

A case study of Uzbekistan. In Conference on Internet of Things and Smart Spaces (pp. 95–107). Cham:

Springer Nature.

7. Kuziyeva, G. R., Rakhmatullaeva, D. O., Abdukadoriva, K. A., Babajanova, M. R., Botirova, X. O., &

Kaxorova, A. N. (2022, December). Analysis of digital economy performance and economic growth nexus:

Case of Uzbekistan. In Proceedings of the 6th International Conference on Future Networks & Distributed Systems

(pp. 194–201).

Downloads

Published

2026-04-01

How to Cite

Sadriddinov , U. (2026). O‘ZBEKISTONDA EKSPORTNI OSHIRISHDA AKT RIVOJLANISHINING O‘RNI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(4). https://doi.org/10.5281/zenodo.19885495
Loading...